So’nggi yangiliklar

22:00"Андижон" "Қизилқум" устидан йирик ғалаба қозониб, Ўзбекистон кубоги ярим финалига йўл олди!  16 21:35Ўзбекистонлик футболчи ўртоқлик ўйинида "Атлетико Мадрид" дарвозасига гол урди  1 21:10"Ал Насср" "Манчестер Юнайтед" вингерини сотиб олишни жиддий мақсад қилди  1 21:05Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 1:2 (матнли трансляция)  43 20:47УЕФА Родри ва Моратани жазолади!  0 20:28"Норвич" "Манчестер Сити" ҳимоячисини ижарага олди  0 20:01Ибрагимович "Милан"даги вазифаси ҳақида маълумот берди  1 19:39Фонсека "Милан"нинг кейинги мавсумдаги мақсадини айтди  1 19:18Ўзбекистон Кубоги. "Қизилқум" – "Андижон". Таркиблар маълум  4 18:50"МЮда ўйнаш осон эмас" — Андре Онана  3 18:31Расман: "Динамо" бразилиялик вингер трансферини эълон қилди  4 18:05Ди Мария фаолиятини қаерда давом эттириши маълум  2 17:38Кроос Медиалигани ишга туширди, иштирокчилар орасида ўнлаб футбол юлдузлари бор  1 17:11"Ал Насср" ҳимоячиси Европага қайтиш учун маоши сезиларли даражада камайишига ҳам рози  3 16:46"Менинг уйим – фақатгина "Манчестер Юнайтед"  10

Saratonni enggan kuchli futbolchi haqida Yangiliklar

Saratonni enggan kuchli futbolchi haqida

Teglar :  Janluka Vialli
“Yuventus” sobiq kapitani BAS kasalligiga qarshi kurashda dori topish uchun moddiy tomondan yordam bermoqda.

2017 yilning dekabr oyida Janluka Vialli sog'lig'i bilan jiddiy muammo yo'qligi va o't pufagini operaciya qilish kifoya ekanini aytgan edi. Bir necha kun oldin u saraton kasalligini qanday engib o'tgani haqida gapirib berdi.

“Buni oila azolarimga aytish qanchalik qiyin ekanini bilardim. CHunki sizni yaxshi ko'radigan insonlarning dilini og'ritishni xohlamaysiz. Bundan qattiq azob chekasiz. Men ko'ylagim ichidan doim sviter kiyib yurardim. CHunki atrofimdagilar hech nimani sezmay, ular bilgan va tanigan Vialli bo'lib qolishni istardim. Hozir ahvolim ancha yaxshi. Oradan bir yil o'tdi va men avvalgi jismoniy holatimga asta-sekin qaytyapman. Lekin hammasi ortda qolganiga ishonchim komil emas. Mening so'zlarim kimnidir hayoti ijobiy tomonga o'zgarishida yordam beradi deb umid qilaman”.  

Vialli millioner oilada tug'ilgan va qiziqqani uchungina futbol o'ynagan.
Qurilish ishlari bo'yicha magnatning o'g'li bo'lmish Janluka 60 xonali qasrda ulg'aygan. U pulga muhtoj bo'lgani uchun futbol sohasiga kirib kelmagan. Uning hamma narsasi bor edi: puli, o'qish uchun imkoniyati hattoki, kelgusida yaxshi yashashi uchun barchasi muhayyo edi. Uning oilasi sportga unchalik qiziqmasdi. Ammo Vialli “Yuve”ning muxlisi bo'lgan otasiga tortdi.

Vialli faoliyati so'ngiga qadar futbol o'ynadi, ishlagani yo'q! Muxlislar uni juda yaxshi ko'rishardi. U shunchalik zavqlanib futbol o'ynardiki, aqlbovar qilmas darajada ajoyib gollar urardi. Italiyada Kvalyarella paydo bo'lguniga qadar, chiroyli gol urish bo'yicha Janlukaga teng keladigan futbolchi yo'q edi.

Vialli “Sampdoriya” tarkibida hattoki, “Barselona”ni ham qo'rqitgandi.
“Sampdoriya” prezidenti Paolo Mantovanining 2ta kuchugi bor edi: birinchisi Roberto bo'lsa, ikkinchisining oti Janluka edi. Bu Vialliga yoqqanmi yoki yo'q, buni o'zi ham aniq bilmasdi. Biroq “Sampdoriya”ning 7ta sovrinidan 6tasiga Vialli murabbiyi Manchini bilan birgalikda erishgandi.
Ular Italiya viloyati qirollari edi. Manchini to'p va raqiblari bilan istagan ishini qilgan. Uni hattoki, Badjo davrida ham “tilla bola” deb atashgan. Vialli esa baland to'siqlardan osonlik bilan sakrab o'tardi va bir urinishdayoq gol ura olardi.

«Men Manchini va Vialliga juda ham ishonaman», — deydi italiyalik aktyor va “Sampdoriya” tifozi Paolo Villadjo.

Skudetto, 3ta kubok, Italiya Superkubogi, Kubok egalari kubogi bilan “Sampdoriya” na Maradonaning “Napoli”sidan, na Sakkining “Milan”idan qo'rqardi. 1991/92 yilgi mavsum jamoa faoliyati davomida eng yuqori cho'qqiga chiqqan. Ular o'shanda Kroyf boshchiligidagi “Barselona”ga qarshi o'ynashgandi. Biroq, bazi holatlardan to'g'ri foydalana olishmagan. O'sha yili Vialli “Yuventus”ga o'tib ketgan. Bir yildan keyin esa Mantovani vafot etgan. SHundan so'ng, “Sampdoriya” birorta ham mukofot yuta olmagan.
Janlukaning Genuyadagi yana bir yutug'i: jingalak sochlarini kestirib tashlagan va “kalbosh killer” nomi bilan futbol tarixida qolgan. “Bitlz” guruhi qo'shiqchilari kabi soch turmagi urfga kirgan bir paytda uning "kal boshi" boshqalarnikidan ajralib turardi. Vialli uzoq vaqtgacha nima uchun bunday qilgani haqida jurnalistlarga javob berishdan qochib yurdi. Janluka aynan shu ishi tufayli futbol olamiga “yangi modani” olib kirdi, desak mubolag'a bo'lmaydi.


Vialli “Yuventus” bilan  ECHL kubogini qo'lga kiritgan.
Vialli “Yuventus”ga 20 million dollar evaziga o'tdi va dunyodagi eng qimmat o'yinchi nomiga sazovor bo'ldi. Biroq jarohatlari tufayli ikki yilni Turinda o'tkazdi. U o'sha payt bo'sh vaqtlarida Italiya futbolchilari kasaba uyushmasini tashkillashtirish payida yurdi.  
Vialli klubdan ketishga qaror qilgandi. Lekin 1994/95 yilgi mavsumda Lippi jamoaga kelganidan so'ng, u fikridan qaytdi. Janluka 10kg mushak yig'ib, o'sha mavsumning o'zida 22ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. “Keksa sinora” esa Italiyaning barcha mukofotlarini qo'lga kiritdi. 1995 yilda World Soccer Viallini dunyoning eng yaxshi o'yinchisi deb elon qilgan edi. Kelasi yil esa Janluka “Yuve”ning kapitani etib tayinlandi va ECHL g'olibi bo'la oldi.

“Men g'alaba haqida o'ylamay bir martta ham maydonga tushmaganman. Hattoki, “Kremoneze” tarkibida ham faqat zafar quchishni o'ylaganman. “Sampdoriya” tarkibida Skudettoni yutishni istaganman va bunga erishganman. “Yuve”da esa ECHL kubogi haqida o'yladim, shukurki, uni ham qo'lga kiritdim. SHu sababli, inson biror ish qilishdan avval oldiga maqsad qo'yishi va o'z ustida ishlashi kerak. SHunchaki maydonga tushib hech narsaga erishib bo'lmaydi”, — deydi Janluka.
Vialli finaldan so'ng, “CHelsi”ga o'tdi va birinchi mavsumdayoq SHmeyxel darvozasini ishg'ol etdi. Lekin Ruud Gullit bilan janjallashib, maydonga deyarli tushmadi. Ular o'rtasidagi nizo Roman Abramovich kelganidan so'ng o'z nihoyasiga etdi va ular 2ta sovrinni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldilar.

Vialli — hazillar qiroli edi. Ehtimol, shuning uchun u Italiya termasidan ketgandir.
Terri Veneybls so'zlariga qaraganda, Janluka nafaqat maydon ichida balki, undan tashqarida ham yulduz edi. U jamoa etakchisi bo'lib, doimo hammaning etibor markazida bo'lardi. SHu bilan birga, u juda hazilkash inson edi.    

Janluka agar mashg'ulotga kech qolib kelsa, ustidan suv quyib, xuddi sport zalidan charchab kelayotgandek bizga qo'shilardi. U yoshlar bilan shug'ullanayotganida tennis to'pidan foydalansa, birozdan so'ng uni tuxumga almashtirib qo'yardi. U tantanali kechki ovqat paytida Arrigo Sakkining sochig'iga parmezan (italiyanlarning achchiq pishlog'i) sepib qo'ygan. 1992 yildan Sakki uni termaga chaqirmay qo'ygan. Forvard buni quyidagicha tushuntirgan: “U bilan o'rtamizda tafovut va to'qnashuvlar bor edi. Hozir esa ayb menda ekanini tushunib etdim va terma jamoa uchun hammasini to'g'rilashim kerakligini angladim. Biroq o'sha paytda biz Sakki bilan juda qattiq xafalashib qolgandik. To'g'ri, avvaliga unga yoqqan edim. Lekin tinimsiz savol berishim va turli hazillarim tufayli uning ko'nglini sovutdim”.

BASga qarshi kurash bo'yicha fond tashkil qildi.
2002 yilning kuzida “Jenoa” va “Roma” sobiq himoyachisi Janluka Sinorini BAS kasalligidan vafot etgan. 2003 yilda Vialli va “Napoli” sobiq o'yinchisi Massimo Mauro BASga qarshi kurash bo'yicha fond tuzishdi. Janluka shaxsan o'zi dori izlayotgani yo'q, lekin uni topishda qo'lidan kelgancha yordam beradi.  

“Ona farzandi BAS kasalligiga chalingani va to'pni boshi bilan tepishi mumkin bo'lgani uchun futbol o'ynashini taqiqlashini istamayman. To'g'ri, biz shifokor ham, olim ham emasmiz. Lekin biz Massimo bilan barcha ishlarga moliyaviy tomondan yordam berishga tayyormiz. Bir kuni albatta ijobiy natijaga erishamiz deb umid qilaman.  Ilm-fan rivojlanmoqda, biroq unga pul kerak. SHunga bu tomondan biz yordam berishga tayyormiz”.


Nozima Zaripova tarjima qildi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика