So’nggi yangiliklar

00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  13 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди.  1 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  0 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  13 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  0 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  1 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  11 20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  5 20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  5 19:56Неъматов, Насруллаев, Норчаев ва Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  17 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  17 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   12 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  3 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  7

Saralashda o'zini ko'rsatishi kerak bo'lgan 10 futbolchi Yangiliklar

Saralashda o'zini ko'rsatishi kerak bo'lgan 10 futbolchi

Teglar :  O'zbekiston U-22
Bugun U-23 Osiyo chempionatining saralash o'yinlari start oladi.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi dastlabki o'yinini Livan yoshlariga qarshi o'tkazadi.

Malumki, saralash bahslarida jami 40 jamoa kurash olib boradi va mezbon Xitoyni hisobga olmaganda 15ta jamoa kelasi yilning yanvar oyida bo'lib o'tadigan kichik qita birinchiligiga yo'llanma oladi.

OFK rasmiy sayti mana shu saralash bellashuvlarida o'zlarini ko'rsatish kerak bo'lgan 10 nafar futbolchi haqida maqola chop etdi. Bizni xursand qilgan jihati, ular orasida o'zbekistonlik futbolchi ham bor.

1. Vey SHia (Xitoy)
Xitoy mezbon bo'lishiga qaramay, o'z xohishi bilan saralash bosqichida ishtirok etmoqda. Bu jamoa tarkibida to'p tepayotgan Vey SHia yaxshi futbolchi hisoblanadi. U "SHanxay SIPG" vakili. 22 yoshli Vey bir nechta o'yinlarda o'zini ko'rsatgan va to'rt yil oldin Kurt Zuma, Lyuk SHou singari futbolchilar qatorida jahonning eng umidli futbolchilari ro'yxatidan o'rin olgan.

2. Mehran Deraxshanmehr (Eron)
Endigina 18 yoshga to'lgan Mehran "Zobaxan" safida chiroyli o'yin namoyish etmoqda. U hatto Osiyo chempionlar ligasining oltita o'yinida maydonga tushishga ulgurdi. CHap qanot futbolchisi ham himoya, ham yarim himoyada bir xil o'yin ko'rstata oladi. U 2016 yil "Zobaxan" tarkibida o'z debyutini nishonlagan.

3. Bashar Resan (Iroq)
20 yoshli Bashar Resan Iroq milliy terma jamoasida ham o'ynashga ulgurdi. U JCH saralash bosqichida Yaponiyaga qarshi maydonga tushgan. Bundan tashqari, Olimpiada o'yinlarida ham ishtirok etgan.

4. Evan Dimas (Indoneziya)
Bu futbolchiga Indoneziyaning kelajagi sifatida qaralmoqda. U o'tgan yil Ispaniyaning "Espanol-B" klubida to'rt yil malaka oshirib qaytdi. Dimas sekin-asta milliy terma jamoaga ham chaqirilmoqda.

5. Zabixillo O'rinboev (O'zbekiston)
Yaqinda "Paxtakor"ga o'tgan Zabixillo O'rinboev o'rtoqlik o'yinlarida o'zini ko'rsatdi. Mana endi saralash bahslarida ham gol uradigan vaqt etib keldi. Zabixillo 2014 yil U-19 Osiyo chempionatida yaxshi o'yin namoyish etgan, qolaversa jahon chempionatida ham O'zbekistonning chorak finalga qardar borishida muhim hissa qo'shgandi.



Qolgan futbolchilar ro'yxati:
6. Rayli Makgri (Avstraliya)
7. Lalianzuala CHangte (Hindiston)
8. Koji Miyoshi (Yaponiya)
9. Sami Al Naji (Saudiya Arabistoni)
10. Li Sang Min (Janubiy Koreya)

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика