"Saralash o'yinlarida futbolchilarning qanday holatda bo'lishi muhim, Eron va Qatarni esa yutishimiz kerak" - Akmal SHorahmedov
27 iyu 13:24
Yangiliklar
"Saralash o'yinlarida futbolchilarning qanday holatda bo'lishi muhim, Eron va Qatarni esa yutishimiz kerak" - Akmal SHorahmedov
Biroz oldin JCH-2026 saralashining uchinchi bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Qura natijalariga ko'ra vakillarimiz "A" guruhida BAA, Qirg'iz Respublikasi, KHDR, Eron va Qatar bilan kuch sinashadi. Bu haqida terma jamoamiz sobiq futbolchisi Akmal SHorahmedov fikrlarini bildirdi.
"Guruh oson ko'rinishi mumkin. Lekin bu Jahon chempionati saralash bosqichi. Har bir ochko qiyinchilik bilan qo'lga kiritiladi. Legioner futbolchilarimizning o'sha vaqtda qanday sport formasida bo'lishlari muhim ahamiyatga ega. Jarohatlarsiz, yaxshi formada etib kelishsa ularni bemalol yutamiz. Saralash bir yil davomida o'tkaziladi. Raqiblarga kelsak, bu boshqa Eron va Qatar bo'ladi. Jahon chempionatiga chiqish uchun baribir Eron va Qatardan ustun kelishimiz lozim",- deydi Akmal SHorahmedov.
Fikrlar