Saponara: "Balotellida "Oltin to'p"ni yutish uchun hamma narsa bor"

6 apr 2020, 01:05
"Lechche" klubi yarim himoyachisi Rikkardo Saponara "Breshiya" hujumchisi Mario Balotelliga yuksak baho berdi.

"Kakaning faoliyatini hisobga olsak, u men bilan birga o'ynagan eng yaxshi futbolchi.

Shuningdek, "Milan" tarkibida Balotellini ham uchratgandim. Men Mario "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish uchun hamma narsaga egaligini takrorlashda davom etaman", – Saponara "La Gazzetta dello Sport" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Saponara, Kaka va Balotelli 2013/14 yilgi mavsumda "Milan" tarkibida birga to'p tepishgan. 

O'xshash yangiliklar


Manba: La Gazzetta dello Sport