So’nggi yangiliklar

14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  4 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Аналитика - футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  1 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  3 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  4 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  2 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  5 08:54EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди?  8 08:26EЧЛнинг 32 та жамоаси маълум  7 07:53"Қайрат" бош мураббийи тарихий натижадан сўнг нималар деди?  1

Sanjar Tursunov: "O'smirlarimiz uchun xursandman" Yangiliklar

Sanjar Tursunov: "O'smirlarimiz uchun xursandman"

O'z vaqtida Dilshod Nuralievdan futbolning dastlabi saboqlarini olgan Sanjar Tursunovning o'smirlar terma jamoamizning JCHdagi muvaffaqiyatli yurishi haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.
"Xorvatiya bilan o'yin yakuniga etganidan keyin Dilshod akamni tabriklab SMS yozib yubordim. O'yinni esa on-line ko'rib o'tirdim. Yoshligimni esladim. Ukalarimizni tabriklayman, yaxshi o'ynashdi. Bu erdagi jamoadoshlarimdan ham iliq gaplarni eshityapman. Albatta bu yoqimli. O'zim ham jamoaga jon kuydiryapman. Sayt orqali ularni yana bir bor tabriklayman", - deydi Tursunov.

- O'yinlarni ko'rayotgan bo'lsangiz, qaysi futbolchi sizga ko'proq yoqyapti?
- Orasida ajralib turganlari bor. Lekin keling uni keyin aytaman. Aslini olganda bu terma jamoamizda hamma yaxshi harakat qilyapti. Birini ajratib, ikkinchisini hafa qilib qo'ygim yo'q. O'z navbatida ular ham jamoaviy o'yinga katta etibor berib, Gonduras ustidan g'alaba qozonishlari kerak. Biz esa maydon ortida bo'lsa ham terma jamoamizni qo'llab-quvvatlab turamiz.

- Musobaqa oldidan terma jamoamizdan bunday natija kutganmidingiz?
- Osiyo chempioni bo'lganligini inobatga olsak, ha. CHunki bizdagi bolalar futboliga berilayotgan etiborning samarasini yil sayin ko'rib boryapmiz. Bu yoshdagi musobaqalar endi nafaqat O'zbekistonsiz o'tyapti, balki ularni guruhda favorit bo'lishlari bilan ham yodda qolyapti. Ammo bollarga yana bir bor aytaman, bundan havolanib ketmasdan, bor etiborlarini yorqin kelajaklariga qaratishlari lozim.

Nodirxo'ja Yuldashev suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика