Sanjar Rixsiboevdan “poker”
17 jan 2014 15:04
Yangiliklar

Sanjar Rixsiboevdan “poker”
Bugun “Bunyodkor” futbol maktabi maydonida yosh “qaldirg'ochlar” Qozog'istonning “Taraz” jamoasi o'rinbosarlari bilan nazorat uchrashuvi doirasida kuch sinashishdi.
O'yinni Aleksandr Mochinov shogirdlari
katta ustunlik bilan boshladilar. Jambulliklar hali maydonga moslashib
ulgurmasidan Sanjar Rixsiboevning bir o'zi ketma-ket raqib darvozasini
ishg'ol qilib, hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirib qo'ydi. SHundan so'ng “Taraz”
yoshlari o'yinida ham jonlanish sezildi. Natijada birinchi bo'lim oxirlarida
qozog'istonlik futbolchilar ham tezkor ikki to'p kiritishib, tanaffusga
hisobni 3:2 ko'rinishiga qisqartirgan holda chiqib ketishdi.
Ikkinchi bo'limda jamoalar bir-birlariga munosib qarshilik ko'rsatishdi. O'yin yakunlanishi arafasida yana o'sha Sanjar Rixsiboev “Taraz” darvozasini ishg'ol qilib, yakuniy natija 4:2 bo'lishini taminladi.
“BUNYODKOR” – “TARAZ” 4:2 (3:2)
Gollar: Sanjar Risxiboev 4ta
“Bunyodkor”: Amir Ergashev, Azizbek Mamazoitov, Rustam Ashurmatov, Saidjon Topilov, Akrom Komilov, SHoxruh SHavkatxo'jaev, Xurshid G'iyosov, Temur Ayupov, Dostonbek Hamdamov, Ahror Umarjonov, Sanjar Rixsiboev
Zaxiradan maydonga tushganlar: Zafar Safoev, Tursun Raximberdiev, Baxtiyor Sodiq-Oxunov, Bosit Rixsiboev, Abdulloh Abdulazizov
Bosh hakam: Asker Najafaliev

Fikrlar