So’nggi yangiliklar

11:23"Реал" ПСЖ юлдузини харид қилмоқчи  1 11:00Каору Митоманинг янги жамоаси деярли аниқ  1 10:34Кевин Де Брюйне “Наполи“да қанча маош олиши маълум  1 10:08“Майдонда максимал даражада кучимизни сарфлаймиз, бизда ишонч бор” - Дониёр Абдуманнопов “Сурхон”га қарши ўйин, чиройли гол ва Суперкубок ҳақида  2 09:40Васкес фаолиятини Осиёда давом эттириши мумкин  3 09:11Ҳусановнинг собиқ мураббийи Англия жамоасини бошқаради  3 08:43Мбаппе “Олтин бутса“ учун курашда биринчи ўринга чиқиб олди  15 08:17Sofascore. Захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этган Файзуллаев неча баҳо олди?  3 08:00Суперлига. "Нефтчи" "Шўртан"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди. "Сўғдиёна" эса ўз майдонида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  2 07:54Суперлига. Бугун 3-та учрашув бор  7 07:27АПЛга йўл олган учинчи жамоа номи маълум  7 03:31Франция кубоги. ПСЖ "Реймс"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  6 03:13А Серия. "Милан" сўнгги ўйинда "Монца"ни қийинчиликсиз таслим этди, жамоа кейинги мавсум еврокубокларда иштирок этмайди  1 03:02Германия кубоги. "Штутгарт" финалда учинчи лига жамоаси бўлмиш "Арминия"ни мағлуб этиб, Германия кубогини қўлга киритди - 4:2. Мийо дублга эришди  5 00:21Райан Гравенберх АПЛнинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  1

Sanjar Asqaraliev: "Vodiy derbisida durang, Toshkent derbisida esa "Paxtakor" yutsa kerak" Yangiliklar

Sanjar Asqaraliev: "Vodiy derbisida durang, Toshkent derbisida esa "Paxtakor" yutsa kerak"

Bugun oliy liganing birinchi davrasidan o'rin olgan so'nggi tur o'yinlari boshlanadi.
13-tur oldidan tajribali futbolchi Sanjar Asqaraliev bilan suhbatlashib, ayni paytda birinchi liga ishtirokchisi "Xotira-79" sardorining fikrlarini bilishga qiziqdik. Asqaralievning aytishicha, ertaga Andijonda kechadigan vodiy derbisida durang qayd etilar ekan.

"Qizilqum" - "So'g'diyona"
- "Qizilqum" o'z uyida o'ynaydi. SHuni inobatga olsak, mezbonlarda g'alaba qozonish imkoniyati yuqori. Qolaversa navoiyliklar o'z maydonida raqibiga osonlikcha ochko ulashadigan jamoa emas. Lekin "So'g'diyona" ham oxirgi turlarda o'ziga kelib olgan ko'rinadi. Jizzaxliklar safarda chakki o'ynamayapti. Ochig'ini aytganda, menga ularning o'yin uslubi yoqmoqda. SHunga qaramay bu o'yinda "Qizilqum"ni 2:1 hisobida g'alaba qozonishini tahmin qilaman.

"Mashal" - "Metallurg"
- "Mashal" o'zini ancha tiklab oldi. Qolaversa muborakliklar o'z maydonida yaxshi o'ynaydi. Menimcha ular "Metallurg"ni kichik hisobda bo'lsa ham yutsa kerak.

"Dinamo" - "Navbahor"
Maydon egalarining turnir jadvalidagi o'rni yaxshi emas. Ketma-ket ochko yo'qotishlardan keyin "Dinamo"ni ahvoli og'irlashib qoldi. SHu bois bugun samarqandliklar birinchi davraning so'nggi turida g'alaba qozonsa kerak deb o'ylayman.

22 iyun (yakshanba)
"Andijon" - "Neftchi"

Yakshanba oqshomida kechadigan o'yinlardan eng qiziqarlisi shubhasiz, Andijonda kechadi. Vodiy derbisi har doim keskin kurashlar ostida o'tib kelgan. Yaqinda "Andijon"da bosh murabbiy o'zgardi. Jamoaning ayni paytdagi ustozi Orif Mamatkazin "Neftchi"ga qarshi qanday taktika tanlashni juda yaxshi biladi. Qolaversa mezbonlar muxlislarni xursand qilish uchun g'alaba yo'lida astoydil o'ynashlari turgan gap. "Neftchi" ham qarab turmaydi deb o'ylayman. Bu jamoa ham o'zini tiklab bormoqda. Har ikkala jamoani ham hurmat qilgan xolda shuni aytishim mumkinki, derbida jangavor durang qayd etilsa kerak.
 
"Olmaliq" - "Nasaf"
Igor SHkvirin jamoasi o'z uyida osonlikcha ochko ulashmaydi. Lekin bu o'yinda qarshiliklar 2:1 hisobida muvaffaqiyat qozonadi deb o'ylayman. Negaki "Nasaf" ushbu turda mag'lub bo'lsa, ochkolar farqi ko'ra, chempiondan yanada ortda qolib ketishi mumkin. SHu bois ajdarlar faqat g'alaba uchun o'ynashlari aniq.  

23 iyun (dushanba)
"Lokomotiv" - "Buxoro"

"Temiryo'lchilar" ayni paytda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ular ushbu o'rnini saqlab qolishga intilishadi. Vaziyatga xolisona baho beradigan bo'lsak, bu o'yinda "Lokomotiv"ning g'alabaga bo'lgan imkoniyati yuqori. Menimcha mezbonlar  2:0 yoki 3:0 hisobida g'alaba qozonadi.
 
5 iyul (shanba)
"Paxtakor" - "Bunyodkor"

13-turning qoldirilgan o'yini haqida to'xtaladigan bo'lsam, bo'lajak bahsda mezbonlarning imkoniyatini yuqori baholayman. SHerlar bu yil ancha dadil o'ynamoqda. Bunyodkorga qarshi bahsda ular 1:0 hisobida g'alaba qozonsa kerak deb tahmin qilaman.  

So'zim oxirida shuni aytib o'tishni istardimki, oliy liganing har bir jamoasida mening do'stlarim to'p tepadi. Ular ushbu tahminlarimni o'qib, mendan ranjimasin, shunchaki o'z fikrlarimni bayon etdim. Bu  futbol! Unda kuchligi yutsin faqat!

Islombek Rustambekov suhbatlashdi. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика