So’nggi yangiliklar

01:00Ла Лига. "Барселона" "Сельта" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  8 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  21 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  8 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  7 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  4

Sanjar Asqaraliev nima uchun “Neftchi”ni tark etdi? Yangiliklar

Sanjar Asqaraliev nima uchun “Neftchi”ni tark etdi?

Qishki yig'in paytida futbolchilarning klubdan klubga o'tishlari avj oladi. Bunday o'zgarishlar orasida etiborni tortadiganlari ham uchrab turibdi.
Xabaringiz bor, “Neftchi” jamoasini ko'plab o'yinchilar tark etishdi. SHu bois endi hech kim farg'onaliklar safidan ketmasa kerak deb o'ylashgandi. Lekin yaqinda jamoa etakchisi Sanjar Asqaraliev kutilmaganda “Neftchi” bilan xayrlashdi. O'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'ygan klubga Asqaralievga o'xshagan futbolchilar kerak. Ammo nima uchun u qadrdon jamoasidan ketgani tushunarsizdek tuyuldi. Faqat o'zi bilan gaplashganimizdan keyin “Neftchi”ni tark etishining sabablariga to'xtalib o'tdi. SHuningdek, suhbat davomida yangi klubi haqida ham aytib o'tdi.  

- “Neftchi”ni tark etishingiz barchamiz uchun kutilmagan yangilik bo'ldi. Jamoadan ketadiganlar dekabr oyidayoq ketib bo'lishgandi. Sizni esa bu erda qolishingizga ishongandik. Lekin nima sababdan bunday qarorga keldingiz?

- Klub rahbari Komil aka Mirzaboev bilan barcha masalani kelishib olgandik va bu yilgi mavsumni ham Farg'onada o'tkazishim aniq edi. Jamoa bilan qishki o'quv-mashg'ulot yig'inlarida astoydil shug'ullanayotgandim. Biroq Toshkentda “So'g'diyona”ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvda bosh murabbiy bilan kelishmay qoldik. SHundan so'ng “Neftchi”dan ketmasam bo'lmasligini tushunib etdim.  

- Ushbu o'yindan keyin o'rtalaringda kelishmovchilik yuz berdimi?

- Yo'q, o'yin paytida bo'ldi. To'g'risi, jamoaning kelajagi borasida hech nimani ko'rmayapman. O'zim uchun boshqa klub qidirishim kerakligini bildim.

- Umuman olganda, aslida klubda qolish niyatingiz bor edi, shundaymi?

- Albatta, keyingi faoliyatimni yana “Neftchi” bilan bog'lamoqchi edim. Meni o'z safida ko'rish uchun ikki-uchta jamoalardan takliflar bo'lgandi va ularga rahmat deb rad javobini bergandim. Biroq keyinchalik kutilmagan ishlar bo'lib ketdi. Jamoadan ketgach o'sha klublarga meni tarkibga qo'shib oling deb bormaymanku, to'g'rimi? “Neftchi”ni tark etganimdan so'ng 5-6 kun uyida o'tirdim. Keyin Rustam aka Mirsodiqov qo'ng'iroq qilib meni “Metallurg”da ko'rmoqchi ekanligini aytganidan keyin yangi jamoaga qo'shildim. Oldindan “Metallurg” haqida ijobiy fikrlarni eshitib kelganman. U erga borgach futbolchilarning bir-biri bilan qanchalik inoq ekanliklarini ko'rdim.

- Demak, yangi klubda o'zingizni qulay his qilish uchun hamma narsaga egasiz. SHundaymi?

- Ha. Bu erda o'zimni begona odamdek his qilmayapman. Murabbiy va futbolchilarni yaxshi bilaman. Men ahil oilaga kelib qo'shildim.

- “Metallurg” yig'inida qachondan boshlab shug'ullanyapsiz?
- 6 fevral kuni ertalab jamoa bilan birga bo'ldim.

- “Metallurg”da paydo bo'lishingiz ham qaysidir manoda kutilmagan yangilik bo'ldi. Siz ham bunday bo'lishini kutmaganmidingiz?

- Meni ham hayolimga kelmagandi. Yangi yildan keyin ham shunday holat yuz berishiga ishonmasdim. Ammo taqdir taqozosi bilan shunday bo'lib qoldi, vaziyat butunlay o'zgarib ketdi.

- “Neftchi”dan ketganingizdan keyin sizni “Navbahor” klubi bilan bog'lashdi.

- O'zim ham shunday mish-mishlarni eshitdim. Ammo “Navbahor”ga o'tishim borasida hech kim bilan muzokara o'tkazmaganman, taklif ham bo'lmagan. Hech kim chaqirmagan klubga qanday qilib boraman?

- Bundan tashqari sizni hozirgacha “Andijon” jamoasiga qo'shilishingizni kutayotganlar bor ekan.
- Internet orqali men ham bu yangilikdan xabar topdim. Biroq “Andijon”dan hech kim men bilan aloqaga chiqqani yo'q.

- Tushunarli. Umuman, yangi mavsumni “Metallurg” futbolchisi sifatida boshlaysiz, to'g'rimi?
- Ha, shunga yaqin, biz deyarli kelishuvga erishdik.

- Faoliyatingizda yangi hayot boshlanayotganini qanday his etyapsiz?

- Aslida oldimga boshqa maqsadlar qo'ygandim. Hamma niyatlarimn “Neftchi” bilan bog'lagandim. Lekin murabbiy bilan o'rtamizdagi kelishmovchilik barchasini o'zgartirib yubordi. Bunday bo'lishini umuman kutmagandim. Lekin peshonada yozilganidan qochib qutula olmaymiz. Nima bo'lganda ham, yangi klubda o'zimni ko'rsatishga va foyda keltirishga harakat qilaman.

- Aslida Murod Ismoilov bilan nima yuz berdi? Balki futbolchi sifatida biroz asabiylashib ketgandirsiz. Keyinchalik bo'lib o'tgan holatni tahlil qildingizmi?

- Men ham bu haqida ko'p o'yladim. SHuncha yildan beri futbol o'ynayotgan bo'lsam, hech bir murabbiy meni o'yinning 1-daqiqasidanoq haqorat qilmagandi. O'yin boshlanishi bilanoq o'zini hurmat qilgan murabbiy hech qachon dabdurustdan futbolchiga baqirib uni haqorat qilmaydi. Uning gaplari menga og'ir botdi va o'zimni ushlab tura olmasdan maydondan chiqib ketdim. O'shandayoq jamoada qolishim befoyda ekanligini bildim.  

- Uchrashuvdan keyin bo'lib o'tgan ishni rahbariyat yoki murabbiy bilan muhokama qilmadingizmi?
- Yo'q, narsalarimni yig'ishtirib ketdim. Ular bilan gaplashishga hojat qolmagandi. “Neftchi”da nimadir bo'layotganga o'xshaydi. Ayniqsa, ancha yillardan beri to'p surib kelayotgan o'yinchilarni sig'dirmaslik maqsadi borga o'xshadi. Masalan, bugun Baxtiyor Yoqubov ham klubdan ketibdi (suhbat 7 fevralda bo'lgan).  

- “Neftchi”ni kech tark etdingiz. U erda shug'ullanish uchun o'tkazgan vaqtingizga achinmadingizmi?
- 10 yil bitta klubda o'ynashning o'zi bo'larkanmi? Ammo hozirgi murabbiylar bilan ishlamasligimdan afsuslanayotganim yo'q. Lekin baribir ularga omad tilayman.

- Endi “Metallurg”da o'z o'rningizni qanday ko'ryapsiz?
- Men uchun begona klub emas. U erdagi ko'plab o'yinchilar bilan birga to'p surganman. Jamoaga kirishib ketishim juda oson bo'ldi. Klubning ahilligi yaqqol sezilib turibdi. Bu erda oldin dadam murabbiy sifatida ishlagandi. Jamoadagilar buni yoqimli tarzda eslab turishlarini aytdilar. “Metallurg”dagi muhit menga yoqyapti.  

FIRDAVSXON suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика