So’nggi yangiliklar

16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  24 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  1 14:58"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар  0 14:10Каору Митома - "Манчестер Юнайтед"нинг трансфер мақсади  1 13:42Ван де Вен "Ливерпул"га ўтишга рози бўлди  3 13:18Суперлига-2026. Мавсумни ким қаерда бошлайди?  3 12:49Бугунги ўйинлар: “Интер” — “Наполи”, “Бавария” уйда, “Милан” сафарда ва бошқалар  1 12:45"Арсенал" Барколя учун курашга қўшилди  1 11:34Абрахам АПЛга қайтиши мумкин  5 10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  6 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  3 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  18 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  26 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  3

"Santyago Bernabeu"ga sayohat Yangiliklar

"Santyago Bernabeu"ga sayohat

Kecha saytimiz orqali "Barselona"ning "Kamp Nou" stadioniga sayohat uyushtirgan edik.

Bugun siz bilan Madridning "Real" klubi arenasi "Santyago Bernabeu"ga tashrif buyuramiz.


"Real" stadioni jahonning eng mashhur arenalaridan biri hisoblanadi va har yili milliondan ortiq turistlar bu erga tashrif buyuradi. "Santyago Bernabeu" stadioni 1947 yilda ochilgan, ammo bundan oldin arena 1924 yilda ochilgan va 1936-1939 yillarda qamoq sifatida foydalanilgan. Bugun "Santyago Bernabeu" yangi texnologiyalarga moslashtirilgan (liftlar, isitish tizimi, vip sektorlar). Bundan tashqari stadionning o'z metro bekati bor.


Kassadan chipta olasiz va stadionga marhamat. Lift sizni arenaning eng yuqori qismiga olib chiqadi. Tribunalar bo'shligiga qaramay stadioning ko'rinishi sizda hayratda qoldirishi aniq.


Sayohatimizni muzeyda davom ettiramiz. Muzeyda siz klubning deyarli barcha sovrinlari bilan tanishishingiz mumkin. Bu erda eng ko'p suratga tushiladigan joy UEFA CHempionlar ligasi Kuboklarining oldida. Muzeydagi eng "qariya" sovrin 1908 yilgi Ispaniya Kubogidir. Muzeyning bir qismi klubning basketbol jamoasiga bag'ishlangan, bu jamoa ham Evropada katta yutuqlarga erishgan.




Muzeydagi sovrinlardan so'ng vip zonaga o'tamiz. Bu erda "Real Madrid" prezidenti va klub tomonidan taklif qilingan mashhur insonlar (biznesmenlar, aktyorlar, siyosatchilar) uchun joy ajratilgan. Ushbu joylarda teridan qilingan o'rindiqlar, televizion ekranlar bor. Bu o'rindiqlar ortida prezident va mehmonlar uchun maxsus bar bor. Aynan shu erda jamoaning kiyinish xonasiga o'tish mumkin. SHunday qilib, klub prezidenti pastga tushib, kerak bo'lsa futbolchilar bilan suhbat qurishi mumkin.





Endi esa tonnelga yo'l olamiz va u erdan maydonga chiqib boramiz. Maydonga chiqqaningizdan so'ng zaxira o'rindig'ida dam olishingiz, suratga tushishingiz mumkin.



Navbat kiyinish xonasiga. Deyarli barcha stadionlarda mezbonlarning kiynish xonasiga kirish mumkin emas. "Real" ham ushbu qoidaga rioya qiladi. Raqib jamoa kiyinish xonasiga kirar ekanmiz bu er dush kabinalari, jakuzilar bilan jihozlanganiga va massaj kabinetiga ko'zimiz tushadi. Kiyinish xonasida oq va ko'k ranglardan foydalanilgan.



Kiyinish xonasidan so'ng sayohatimiz matbuot zalida davom etadi. Bu erda butun dunyodan tashrif buyurgan jurnalistlar "Qirollik klubi"ning futbolchi va murabbiylariga savol berishadi. Siz murabbiyning joyida o'tirib suratga tushishingiz mumkin.



Ekskursiyamiz klubning rasmiy do'konida yakuniga etadi. Do'konda "Real"ning trikotaj mahsulotlari, aksessuarlar, bayroqlar, yumshoq o'yinchoqlar, pijamalar va xokazolarni xarid qilish mumkin.




"Santyago Bernabeu"dagi sayohatdan so'ng mabuda Kibela favvorasiga borishni maslahat beramiz. Bu erda "Real" muxlislari qo'lga kiritilgan yutuqni nishonlashadi. Mahalliy hukumat avtomobil yo'llarini yopadi va bu joy odamlar bilan to'ladi.




Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика