Santush: "To'p darvozaga yarim metr kirgandi"
28 mar 2021 13:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/627805_original.jpg)
![](/upload/storage/627805_220.jpg)
Santush: "To'p darvozaga yarim metr kirgandi"
Portugaliya termasi bosh murabbiyi Fernandu Santush Serbiyaga qarshi o'yindan keyingi durang haqida gapirdi.
"Bosh hakam kelib uzr so'radi. Uni juda qattiq hurmat qilaman. Biroq shunday turnirlarda VAR tizimi yoki golni aniqlash tizimi yo'qligining sababini tushunmayapman. To'p yarim metr kirib ketdi, chiziqdan o'tgani ko'ringandi. Barchasi tabiiy.
Bosh hakam uzr so'radi, ammo bu hech nimani o'zgartirmaydi. Ular ham odam. Ammo xatolar bo'lmasligi uchun VAR tizimi bo'lishi kerak edi.
Ronaldu? Bu normal holat. Agarda gol hisoblanganida bunday bo'lmasdi. Buni u muhokama qilishni istamadi va maydonni tark etdi", - dedi Santush.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar