Santush: “Ronaldu darajasi pasayishiga rozi bo'ladigan futbolchilardan emas”
30 sen 2020 08:30
Yangiliklar


Santush: “Ronaldu darajasi pasayishiga rozi bo'ladigan futbolchilardan emas”
Portugaliya terma jamoasi ustozi Fernandu Santush shogirdi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.
“Ronaldu 40 yoshgacha o'ynashi mumkin. Ammo u ham bu sodir bo'lish-bo'lmasligini bilmaydi. Qandaydir vaziyatda u kerakli darajada emasligini his qilishi mumkin. Biroq u darajasi pasayishiga rozi bo'ladigan futbolchilardan emas. Agar buni his qilsa, darhol ketadi. U boshqa “Ronaldu” bo'la olmasligini his qilsa, demak, “Ronaldino” ham bo'lmaydi (portugal tilida “ino” kamayish manosini beradi. Yani daraja pasayishi). “Ronaldino” qo'shtirnoq ichida. Men braziliyalik haqiqiy Ronaldino haqida gapirmayapman”, — deydi Santush.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar