Santush: "Ispaniya golga tortadigan vaziyatlar yaratgani yo'q"
05 iyu 2021 14:14
Yangiliklar
Santush: "Ispaniya golga tortadigan vaziyatlar yaratgani yo'q"
Kecha "Vanda Metropolitano" stadionida Ispaniya hamda Portugaliya termalari ishtirokida o'rtoqlik o'yini o'tkazildi.
Ushbu uchrashuvdan keyin Fernandu Santush matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Ispaniya o'yinni nazorat qildi, dastlabki 15 daqiqalikda to'p ularda bo'ldi. To'pni osonlikcha yo'qotdik, ammo raqiblar golga tortadigan vaziyatlar yarata olmadi. Ikkinchi bo'limda jamoamiz butun maydon bo'ylab joylashib oldi va to'pga egalik qila boshladi. Raqiblar faqatgina bizning xatolarimizdan keyin vaziyatlar yaratishga harakat qildi. SHunday o'rtoqlik o'yinlari orqali biz mashg'ulotlardagi ishlanmalarni sinovdan o'tkazib olyapmiz", - dedi Santush.
Portugaliya termasi Evro-2020 guruh bosqichida Franciya, Germaniya va Vengriya termalariga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar