"Santos" prezidenti: "Gabigol jamoamizga qaytmoqchi"
01 fev 2017 11:46
Yangiliklar
"Santos" prezidenti: "Gabigol jamoamizga qaytmoqchi"
"Inter" hujumchisi Gabriel Barboza Milan klubi tarkibini tark etmoqchi.
Bu haqda "Santos" prezidenti Modesto Roma malum qildi. Gabigol Italiya grandiga o'tishdan oldin Braziliya klubi sharafini himoya qilgan.
"Futbolchilar bizda o'ynashni istashmoqda, ular shu erda o'zlarini yaxshi his qilishmoqda. Gabigol bizga aytgan yagona narsa - xafaligidir. Evropada u o'zini ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lmayapti va "Santos"ga qaytmoqchi" - deydi Roma.
Gabigol 2016 yilning yozida "Inter"ga o'tgan edi. Hozirgacha u bor-yo'g'i 4 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar