Sanshesh "Milan"ni rad etdi
31 jan 2022 18:24
Yangiliklar
Sanshesh "Milan"ni rad etdi
"Milan"ning transfer maqsadi hisoblangan "Lill" yarim himoyachisi Renatu Sanshesh kelajagi borasida qaror qabul qildi.
Xavbek Italiya klubiga o'tishni rad etdi.
Qayd etish kerakki, Milan klubi francuzlar bilan Sansheshning 25 mln evro miqdoridagi transferi borasida kelishuvga erishdi, ammo o'yinchining o'zi bilan kelishishni iloji bo'lmadi.
"Rossonerilar" Renatuni mavsum so'nggida jamoadan ketadigan Frank Kessega o'rinbosar sifatida ko'rishayotgan edi.
Portugaliyalikning klubi bilan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan. U joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Fikrlar