So’nggi yangiliklar

12:50U-20 Осиё Кубоги. Ўзбекистоннинг Яманга қарши таркиби маълум!  0 12:34U-20 Осиё кубоги. Порлаши кутилаётган футболчилар  3 12:31U-20 Осиё кубоги. Ироқ – КХДР (онлайн ҳисоб)  0 12:10Саудия Арабистони элчиси ЖЧ-2034да спиртли ичимликларга рухсат берилмаслигини айтди  0 11:46Месси Adidas компаниясининг янги бутсасини тақдим этди  4 11:25«Челси»нинг асосий футболчиларидан бири камида 1 ойга сафдан чиқди  5 11:10U-20 Осиё кубоги. Терма жамоалар ҳақида фактлар  3 10:59U-20 Осиё кубоги олдидан. Жамолиддин Раҳматуллаев: "Бу ёшдаги жамоа кўп нарсага қодир, улар чемпионликни ҳимоя қила олади"  1 10:48«Ливерпуль» тарихида бундай ҳолат 113 йилдан сўнг илк бор содир бўлди  8 10:32U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистон мусобақанинг дастлабки турларида мағлубиятга учрамаган   3 10:19Златан Ибрагимович: « У сеҳрли футболчи»  2 09:50МЮ 30 йил ишлаган жамоа бошлиғини ишдан олди ва яна...  3 09:22АПЛнинг яна бир машҳур жамоаси араб шайхларининг қўлига ўтиши мумкин  2 08:54«Арсенал» ҳужумдаги жароҳатлар сабабли «Ливерпуль» футболчисини сотиб олмоқчи  3 08:28EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  23

Sanjar Tursunov niqob, qizil kartochka va janjal haqida gapirdi Yangiliklar

Sanjar Tursunov niqob, qizil kartochka va janjal haqida gapirdi

AGKM Superliganing 12-turida poytaxtning "Olimpik" jamoasiga imkoniyatni boy berdi (1:0).

Ancha qizg'in ruhda o'tib, Sardor Rahmonov va Mirjalol Qosimovga qizil kartochka ko'rsatilgan o'yindan keyin olmaliqliklar sardori Sanjar Tursunovning fikrlari bilan qiziqdik.

— Jarohatdan keyin birinchi rasmiy o'yingiz edi. Jismoniy holatingiz joyidami?

— Albatta. FIFA kunlari paytida 3ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdik. Ularning barchasida harakatlandim. Jismoniy jihatdan muammolar yo'q.

— Niqob taqishga o'rganmagansiz. U erkin o'ynashga halaqit bermayaptimi?

— To'g'risi, ancha noqulay. Lekin hozir "maska" taqmasam, jarohat qaytalashi mumkin. SHuning uchun 3-4 ta o'yinda undan foydalanib turishga majburman.

— Bugungi o'yin haqida. Birinchi taym oxirida Rahmonovning chetlatilishi rejalaringizni o'zgartirib yubordimi?

— Biz har o'yinda g'alaba qozonish uchun aniq reja bilan maydonga chiqamiz. Bazi odamlar bor. Ular bugun rejalarimizni buzib yuborishdi. Hammasini ko'rib turgan Zot bor. Agar noto'g'ri gapirayotgan bo'lsak, biz javob beramiz. Bordiyu, ular noto'g'ri ish qilayotgan bo'lsa, ular javobini beradi.

Birinchidan, Mirjalol Qo'shoqovichning chetlatilishi noto'g'ri bo'ldi. Biz murabbiy bilan o'yin haqida gaplashayotgandik. Qanot hakami kelib — "menga gapiryapti", — dedi.

Ikkinchidan, ichki chempionatda yoshlarimizning boshini shunaqa "silaydigan" bo'lsak, xalqaro maydonda ularga hech kim yordam bermasligini ham unutmasligimiz kerak. 

Siz ham, biz ham yosh iqtidorlarimiz chet elda o'ynashidan faqat xursand bo'lamiz. Lekin bunaqa munosabat bilan qiyin bo'lsa kerak. 

Bu borada O'zbekiston chempionati juda ham og'ir ahvolda ekanini tan olish kerak. Futbolimiz rivojiga to'siq bo'ladigan qo'pol xatolar bo'lyapti. Xohlaymanki, kelajakda bunday xatolar tugatiladi.

— Jadvalga qarasak, bu yilgi chempionat so'nggi yillardagi eng yaxshisi. Sizning fikringizcha, rahbariyat qaysidir jamoalarga simpatiya qilyaptimi?

— Balki, shunaqadir. Kimgadir yordam berishmoqchi yoki kimnidir chempion qilishmoqchidir. Biz bu ishlarning yuqorisida turmaymiz. SHuning uchun aniq malumot yo'q. Lekin bunday gap-so'zlar bizni yanada kuchliroq bo'lishga undaydi. CHempionat oxirida ko'ramiz qaysi tomon yutishini.

— Deyarli 20 yildan beri katta futboldasiz. Tajribangizdan kelib chiqib ayting: Rahmonovning harakati 2-sariqqa tortmasmidi?

— Hali u vaziyatning videosini tomosha qilmadim. Hozirgi fikrim esa o'yin tempidan kelib chiqib sariq bermasa ham bo'lardi. CHunki qizil kartochka AGMKni sindirdi. Yuqorida ham aytdim. Agar biz 11 kishi bo'lib o'ynasak, yoshlarimiz ham qiynalib, ko'proq tajriba to'plardi. 

Bitta narsani aytaman. "Vorskla"da to'p tepgan paytlarim "SHaxtyor" bilan o'yinlarni intiqib kutardik. Doneck klubi ECHLda o'ynaydi, tarkibi yulduzli edi. O'sha bahslarda ukrainalik referilar ikkala tomonga ham yon bosmas edi. Ehtimol, biz "SHaxtyor"ga engilardik, lekin o'sha o'yinlan biz uchun katta tajriba bo'lardi. 

— Demak, diskvalifikaciya bo'lmasa, AGMK ko'p ehtimol bilan g'alaba qozonardi. SHundaymi?

— Bilasiz, hakamning birgina qarori o'yinga jiddiy tasir o'tkazishi mumkin. Ular esa boshqacha o'ylashadi. Balki, u xato emasdir. Lekin bugungi bahs taqdirini 70% o'sha epizod hal qildi.

— Uchrashuv yakunlanganidan keyin xavsizlik xizmati xodimlari bilan tortishuv yuzaga keldi...

— Ha, tortishuv bo'ldi. Ular meni noto'g'ri tushunishdi. Men Sardor Rahmonovni chetga tortib, kiyinish xonasiga olib ketmoqchi edim. Ular biz jamoadosh ekanligimizni bilmay, Sardorni urmoqchiman deb o'ylashdi. Hozir ular bilan kelishib oldik. Bittasi muxlisim ekan. Hammasi joyida.

Muallif :
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика