So’nggi yangiliklar

01:48Микель Артета: "Ютиб турганимизда бизни яхши кўриб қолиш осон. Дуранг ва мағлубиятда ҳам бизни яхши кўринг"  8 01:15Майкл Кэррик: "МЮда қанча ишлашимни мен ҳал қилмайман"  1 01:07Фабио Капелло: "АПЛ - бошқа сайёра"  0 00:59"Истиқлол" ОЧЛ 2'даги омадсизликдан кейин бош мураббийини истеъфога чиқарди  2 00:48Уэйн Руни Гвардиола кетса "Сити" кимни олиб келиши кераклигини айтди  2 00:21"Кристал Пэлас" Гласнернинг истеъфосини тезлаштириши мумкин  0 23:57ОКМК ёш футболчилари билан шартномаларни узайтирди  0 23:44"Қўқон-1912" Шоҳруҳ Маҳмудхожиевнинг трансферини эълон қилди  2 23:33Игор Тудор: "Ишонч билан айтаман, "Тоттенхэм" лигадан тушиб кетмайди"  1 23:15Туркияда ўз жамоалари учун ставка қўйган 32 клуб раҳбарлари ҳибсга олинди  4 22:51ОКМК "Навбаҳор" футболчиси билан "2+1" кўринишида шартнома имзолади  1 22:37Эрон. "Персеполис" ўз майдонида ютқазди, Сергеевдан гол  3 22:15Сака АПЛда энг кўп маош оладиган футболчилар рейтингига қўшилди  2 21:51Ансу Фати фаолиятини Премьер-лигада давом эттириши мумкин  3 21:41"Металлург" Бранимир Йочич билан шартнома имзолади  2

Sanjar Tursunov: "Men o'ynovchi murabbiy emasman" Yangiliklar

Sanjar Tursunov: "Men o'ynovchi murabbiy emasman"

"Lokomotiv" qishki transferlar vaqtida tarkibga sobiq futbolchilarini ortga qaytardi.

2004-2013 yil "temiryo'lchilar" sharafini himoya qilgan Sanjar Tursunov endilikda yana "Loko"da to'p tepadi. Futbolchi yangi mavsum oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 


- "Lokomotiv" yangi mavsumga tayyormi?

- Jamoa birinchi turga tayyor. Jarohat olgan futbolchilar yo'q. Faqat diskvalifikaciya sabab o'tkazib yuboriganlar bor. Qishki yig'in rejadagidek o'tdi. Nafaqat ilk tur balki chempionatga tayyormiz. 

- Sanjar Tursunovni bu yil ko'proq qaysi funkciyada ko'ramiz? Futbolchi yoki o'ynovchi murabbiy?

- Men murabbiylar shtabining ishiga aralashmayman. Men o'ynovchi murabbiy emas, futbolchiman. Faqat jamoadagi ichki muhitga javob beraman. 

- "Lokomotiv" oxirgi yillarda sovrindorlar haritasidan yo'qolib qoldi. Bugun jamlangan tarkib bilan jamoa yuqori o'rinlarga kurashishga salohiyati etadimi?

- Hozir yuqori o'rinlarga harakat qilmaymiz. Bizning o'z yo'nalishimiz va loyihamiz bor. Lekin "Lokomotiv" chempionlikka kurashmaydi, degani emas. Rejalarimiz amalga oshadigan bo'lsa, avvalgi "Lokomotiv" qaytadi. Tarkib haqida gapirdingiz. Men shu jamoadagi barchaga ishonaman. Ular men uchun barcha jamoadan ustun turadi. Bu meni jamoam. Ular bilan birga o'ynayman. Masalan "Jirona"ni hech kim kutmagan edi. 

- "Lokomotiv"ni "Jirona"ga o'xshatish mumkinmi?

- "Jirona" emas, "Lokomotiv" bo'lishi mumkin. "Lester" o'z vaqtida chempion bo'lgan. Biz har bir jamoaga raqobat tug'dira olamiz. 

- SHaxsan siz uchun qaysi o'yin muhim principial ahamiyatga ega bo'ladi?

- Men uchun barcha o'yin principial. Bunday jamoalar ko'p va bu albatta yaxshi. Birinchisi derbi, ikkinchisi sobiq jamoam, undan tashqari sovrinli o'rinlarga kurashadigan jamoalar. Boshqa jamoalar ham qaysidir pallada principial bo'ladi. Umuman olganda hammasi yaxshi bo'ladi. 

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика