So’nggi yangiliklar

11:18"Марказий" стадион "ёнган" "Навбаҳор" - "Бунёдкор" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 10:55Пул ёки карьера. "Барселона" юлдузи иккисидан бирини танлаши лозим  1 10:29FourFourTwo. Роналду АПЛнинг энг яхши иккинчи рақамли вингери деб топилди. Биринчи ўринда эса...  4 09:59Осимхеннинг янги жамоаси маълум (Фабрицио Романо)  7 09:28Ёзда бир нечта топ клубларга рад жавоб берган мураббий "Ал Насср" билан келишувга эришди  1 09:00Қойил! АПЛнинг ўртамиёна клуби 47 миллион еврога футболчи сотиб олди  4 08:31U-16 Халқаро ўртоқлик турнири. Ўсмирларимиз бугун мезбонларга қарши баҳс олиб боради  1 08:03Про лига. Бугун 17-тур бошланади  1 07:35Суперлига. Бугун иккита қизиқарли учрашув бор  11 07:15А Серия. "Ювентус" ва "Аталанта" йирик ҳисобда ғалаба қозонишди, 1-тур ўйинлари битта саҳифада (+мусобақа жадвали)  7 06:55АПЛ. 37 ёшли "Лестер" афсонаси Жейми Варди жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди   2 02:33ЛаЛига. "Атлетико" жанговар дурангга рози бўлди  2 02:30АПЛ. "Тоттенхэм" Чемпионшип ғолибини мағлуб қила олмади  6 01:58А Серия. "Ювентус" мавсумни йирик ғалаба билан бошлади  5 01:54Илёс Зейтуллаев: "Бу мавсум чемпионлик учун "Насаф", ОКМК, "Сўғдиёна" ва "Пахтакор" курашади"  5

Sanjar SHoahmedov: “Uch ochko biz uchun suv va havodek zarur edi” Yangiliklar

Sanjar SHoahmedov: “Uch ochko biz uchun suv va havodek zarur edi”

“Qizilqum”ga qarshi 13–turdan o'rin olgan qoldirilgan uchrashuvda Toshkentning “Lokomotiv” klubi raqiblari ustidan (2:0) hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuvdan so'ng “Lokomotiv” jamoasi yarim himolyachisi Sanjar SHoahmedov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

-  Birinchi davrani birinchi pog'ona bilan yakunlash uchun kechagi uchrashuvdagi uch ochko biz uchun suv va havodek zarur edi. “Mashal” bilan bo'lgan uchrashuvdan so'ng barchamiz tushkun holatga tushib qolgan edik. SHundan so'ng futbolchilar bilan yig'ilishib “Qizilqum” ustidan g'alaba qozonamiz deb bir – birimizni qo'llab – quvvatlagandik. Yakunda 3 ochkoni qo'lga kiritdik.

“Qizilqum” klubi juda ham yaxshi shakllangan jamoa. Qiyin uchrashuv bo'lishini bilib raqibimizni hurmat qilgan holda maydonda harakat qildik. Bahs juda ham qiziqarli bo'ldi. Muxlislar ham uchrashuvdan zavq olishdi. Tezkor gol urganimiz yigitlarni ruxlantirib yuborgandir. Ikkinchi bo'limda ularda ham bizda ham yaxshi vaziyatlar yuzaga keldi.

Ikkinchi davraning ilk turida Namanganning “Navbahor” klubini qabul qilamiz. Har bir uchrashuvda maydonga faqat g'alabani o'ylab tushamiz. OCHLdami yoki ichki chempionatimiz bo'ladimi yoki bo'lmasam kubok bahslari bo'ladimi ortimizga yo'l yo'q. Oldimizga vazifa shunaqa qo'yilgan. “Mashal”ga qarshi uchrashuvda mag'lub bo'ldik. Rasmiy uchrashuvlarning 35tasida g'alaba qozongan bo'lsak o'rtoqlik uchrashuvlarining 10tasida bizning qo'limiz baland kelgan. Umumiy hisoblasak 45ta g'alabali seriyamizga chek qo'yildi. Bu yomon natija emas. Ikkinchi davrada mustahkam bo'lib olib chempionlik qo'lga kiritish maqsadimiz”, - deydi “Lokomotiv” klubi futbolchisi Sanjar SHoahmedov.

Jahongir Sotvoldiev
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика