Sanjar SHoahmedov Malayziya klubiga o'tdi
01 jan 2019 16:47
Yangiliklar
Sanjar SHoahmedov Malayziya klubiga o'tdi
"Lokomotiv" klubi yarim himoyachisi faoliyatini xorijda davom ettiradi.
"Sanjar SHoahmedov Malayziyaning "Terengganu" jamoasi sharafini himoya qiladi", - deb yozadi "Lokomotiv" klubi marketing bo'limi xodimi Mamur Mamadaliev tvitterdagi o'z sahifasida.
Malumot uchun, "Terengganu" safida o'z vaqtida o'zbekistonlik Lutfulla To'raev ham to'p tepgan edi.
Sanjar SHoahmedov ikkinchi bor xorij klubida o'ynaydi. Bunga qadar u Qatarning "Al Sayliya" klubi sharafini himoya qilgan edi.
"Terengganu" klubi 2018 yil Malayziya Superligasida 12ta jamoa orasida 6-o'rinni egallagandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar