So’nggi yangiliklar

23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  0 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  1 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  2 22:19Анчелотти - Роналду ҳақида: "У билан барчаси осон"  1 21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  1 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  1 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  3 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  2 19:18"Агар сенда "Милан" варианти бўлса, ўйлаб ўтирма!"  0 18:50Расман: Фёдор Чалов — ПАОК футболчиси!  2 18:34Расман: Страхиня Павлович — "Милан" футболчиси  1 18:08"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Камолов Жалолиддин  0

Sanjar Rizaev: “CAFA U-16 Championship” musobaqasi MOFA uchun muhim ahamiyatga ega” Yangiliklar

Sanjar Rizaev: “CAFA U-16 Championship” musobaqasi MOFA uchun muhim ahamiyatga ega”

Bugun Markaziy Osiyo futbol associaciyasi (MOFA) tashabbusi bilan 16 yoshgacha futbolchilar o'rtasida “CAFA U-16 Championship” musobaqasi start oladi.

Bunda to'rtta jamoa ishtirok etadi hamda o'yinlar “Milliy” (avvalgi “Bunyodkor”) va “Lokomotiv” stadionlarida bo'lib o'tadi. Mazkur musobaqa oldidan tayyorgarlik hamda tashkiliy ishlar qanday kechgani borasida Markaziy Osiyo futbol associaciyasi (MOFA) bosh kotibi Sanjar Rizaev bilan suhbatlashdik.

- Ayting-chi, “CAFA U-16 Championship” musobaqasini o'tkazish g'oyasi qachon va qanday yuzaga keldi?
- SHu yilning 26 fevral kuni Markaziy Osiyo futbol associaciyasi (MOFA)ning navbatdan tashqari majlisi bo'lib o'tgandi. Nima uchun navbatdan tashqari? CHunki associaciya sobiq prezidenti Mirabror Usmonov istefo berib, u kishining o'rniga Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti hamda O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov MOFA prezidenti etib saylandi. Yig'ilishda hamma bir ovozdan Umid Ahmadjonov variantini maqulladi.

Qolaversa, MOFA boshqaruv tizimi Toshkentda davom etadigan bo'ldi. Bunday bo'lishiga O'zbekistonning mintaqada o'ziga yarasha obro'ga ekani hamda futbol infratuzilmasi ancha rivoj topgani muhim rol o'ynadi. Umid Ahmadjonov MOFA prezidenti etib saylangach, biz zudlik bilan ishga kirishib, 2018 yil uchun reja tuzishga kirishdik va mart oyiga keliboq bir yillik to'liq rejaga ega bo'ldik. Avvalo ishni MOFA tarkibida shtatlarni belgilab olishdan boshladik. Bungacha ham kadrlar faoliyat yuritgan, biroq ularning soni unchalik ko'p emasdi. Hozir esa birgina mana shu “CAFA U-16 Championship” musobaqasini o'tkazish uchun 27 nafar xodim jalb etilgan.

- Tashkilot faqat shu musobaqani o'tkazish bilan cheklanib qolmaydi, to'g'rimi?
- OFK talabiga ko'ra, MOFA ham mintaqada o'z musobaqalarini joriy etishi kerak. Natijada biz iyulda bir emas, ikkita musobaqa o'tkazish rejasini tuzib chiqdik. Faqat bu o'rinda OFK qanday musobaqa bo'lmasin jahon chempionati tugaganidan so'ng yoki bo'lmasa o'yin yo'q kunlari o'tkazishni qatiy talab qildi. Natijada birinchi musobaqa sifatida “CAFA U-16 Championship” taqvimini tuzdik.

Bunda to'rtta jamoa ishtirok etadi. Mezbon O'zbekistondan tashqari Afg'oniston, Tojikiston va Qirg'iziston. Bazi sabablarga ko'ra, Eron va Turkmaniston “CAFA U-16 Championship” musobaqasida ishtirok eta olmasliklarini bildirishdi. Bunday musobaqalar o'z-o'zidan bo'lib qolmaydi. Buning uchun MOFA azo federaciyalarning barchasiga hammasiga xat yuborishi, yani hammani rasman ogohlantirishi, shuningdek, MOFAga azo associaciyalarning roziligini olish talab etiladi.

Albatta, biz “CAFA U-16 Championship” musobaqasini o'tkazish bilan cheklanib qolmaymiz. Bu oy hisobidan ikkinchi turnir 20-31 iyul kunlari bo'lib o'tadi va unda 15 yoshgacha futbolchilar ishtirok etadi. Aytish mumkinki, bunda MOFAga azo barcha oltita federaciya terma jamoalari qatnashadi. Va aynan 20-31 iyul kunlari o'tkaziladigan musobaqa MOFA tarixida birinchi bor to'liq oltita federaciya vakillari qatnashgan ilk turnir bo'ladi.

- Turnir davomida boshqa tadbirlar ham ko'zda tutilganmi?
- Albatta. Futbol o'z yo'liga, lekin biz faqat o'yinlar o'tkazish bilan cheklanib qolmasligimiz kerak. Musobaqa davom etayotgan paytda MOFA tarkibiga kiruvchi olti davlatning har biridan ikki nafardan “B” licenziyasiga ega murabbiylar malaka oshirish kurslarida ishtirok etadi. Bu murabbiylar musobaqada qatnashuvchi terma jamoalarda ishlaydigan murabbiylar emas, balki hududiy federaciyalar tavsiya qilgan murabbiylardir.

Bundan tashqari, yosh hakamlar o'rtasida ham seminar tashkil etiladi. Biz musobaqada yosh futbolchilar ishtirok etishini hisobga olib, o'yinlarni boshqarish uchun yosh hakamlarni jalb etdik va bundan ko'zlangan maqsad o'z navbatida hakamlarning ham malaka oshirishini taminlashdir.

- Demak, iyulning o'zidayoq MOFA Toshkentda ikkita xalqaro turnir o'tkazadi.
- Xuddi shunday. Aytishim mumkinki, bu oy biz uchun juda tig'iz bo'ladi, chunki ketma-ket ikkita musobaqani o'tkazishga to'g'ri keladi. Avgustda musobaqa o'tkazish MOFA rejalariga kirmagan, chunki bu oyda Osiyo o'yinlari bo'lib o'tadi. SHu bois sentyabrda 21 yoshlilar o'rtasida Markaziy Osiyo chempionati o'tkazishni mo'ljallab turibmiz.

Nima uchun 21 yoshlilar o'rtasida? CHunki keyingi yil 22 yoshgacha futbolchilar uchun Olimpiada o'yinlariga saralash boshlanadi. SHu bois bu turnir ular uchun yaxshigina amaliyot vazifasini o'taydi deb o'ylaymiz. Oktyabrda esa 19 yoshgacha bo'lgan futzalchilar o'rtasida futzal musobaqasi tashkil etmoqchimiz. MOFAning maqsadlaridan biri aynan futzal musobaqasi orqali homiylarni jalb etishga qaratilgan.

Bilasiz, Eron doim futzal bo'yicha Osiyoda etakchi o'ringa ega bo'lib kelgan va bu jamoa ishtirokidagi o'yinlar hamma vaqt muxlislarning qiziqishiga sabab bo'lgan. Mintaqada bu borada O'zbekiston Erondan keyingi o'rinda turibdi. Qirg'izistonda ham futzal oxirgi yillarda ancha kuchaydi. Qirg'izlar futzal bo'yicha Osiyo chempionatlarida kuchli jamoalarga astoydil qarshilik ko'rsatishga harakat qilishyapti. Biz aynan futzal musobaqasi orqali translyaciya huquqini sotib, sekin-asta MOFAni o'zini o'zi boshqaruvchi hamda daromad olib keluvchi tashkilotga aylantirmoqchimiz.

- Hozirgi kunda MOFA nimaning hisobiga kun ko'ryapti?
- Bu ham o'rinli savol. Malumki, FIFAning “Forward” loyihasiga ko'ra bazi davlatlarga grant asosida pul ajratib kelinadi. MOFA ham hozircha shu mablag' evaziga kun ko'rib kelmoqda. Bu mablag' yiliga bir million AQSH dollarini tashkil etadi. Mablag' qachon beriladi? Qachonki OFK va FIFA reglamentlari asosida 19 yoshgacha bo'lgan ayollar va erkaklar o'rtasida musobaqa tashkil etilsa. Lekin bu pul boshqa xarajatlarni qoplamaydi. Yani, MOFAni tuzishdan maqsad faqat musobaqalar o'tkazish emas. Bu erda murabbiylar va hakamlar uchun tashkil qilinadigan malaka oshirish kurslarini ham hisobga olish lozim.

SHu o'rinda tashkilot rahbari Umid Admadjonovga alohida rahmat, u kishi homiylarni jalb qilish orqali MOFAni mablag' bilan taminlab berdi, shu bois “CAFA U-16 Championship” turniriga tashrif buyurgan mehmon jamoalarning yo'lkira, mehmonxona, viza bilan bog'liq masalalar va boshqa sarf-xarajatlari MOFA tomonidan qoplab berildi.

- MOFA oldin ham birorta musobaqa tashkil etganmi?
- 2015 yil Melburnda OFK kongressi bo'lib o'tgandi. O'shanda OFK ustaviga bazi o'zgartirishlarni kiritish borasida takliflar berilgandi. Bungacha OFKda to'rtta mintaqa birlashgan federaciyalari faoliyat yuritib kelayotgan bo'lib, Melburndagi kongressda beshinchi mintaqa sifatida Markaziy Osiyo futbol associaciyasini tuzish varianti bir ovozdan maqullangan. Associaciyaga azo mamlakatlar sifatida esa oltita davlat belgilab olindi. Bular - Eron, O'zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg'iziston va Afg'oniston.

SHundan beri OFK ustaviga ko'ra Osiyoda beshta mintaqa majud va har bir mintaqaning o'z hududiy federaciyalari bor. Oddiy qilib aytganda, OFK yirik tashkilot deb olsak, uning beshta ustuni bor. MOFA o'zining ilk musobaqasini 2016 yil Toshkentda tashkil etgan. O'shandayoq FIFAning “Forward” loyihasiga ko'ra bir yil erkaklar, bir yil ayollar o'rtasida musobaqa o'tkazish shart qilib belgilab qo'yilgandi. Qoidaga ko'ra agar siz ayollar o'rtasida musobaqa o'tkazish shart bo'lgan yili ayollar o'rtasida hech qanday turnir tashkil etmasangiz, FIFA tomonidan beriladigan grant pulni ololmaysiz.

SHu bois MOFA Toshkentdagi ilk turnirni 2016 yil qizlar o'rtasida tashkil etgandi. Lekin Toshkentda bungacha faqat shu musobaqani o'tkazish bilan cheklab qolindi. SHuningdek, Tojikistonda o'tgan yil ikkita musobaqa (15 va 18 yoshlilar o'rtasida) musobaqa o'tkazilib, yon qo'shnilarimiz har ikkala turnirni yuqori saviyada tashkil etishdi. 2016 yildan beri bu uchinchi musobaqa yili hisoblanadi. Bu yil hisobidan biz to'rtta musobaqa va uchta xalqaro seminar o'tkazishni rejalashtirganmiz.

- Malumki, MOFA tarkibida oltita davlat bor. Musobaqalar qaerda bo'lib o'tishi, yani kim mezbonlik qilishini to'liq MOFA hal qiladimi yoki OFK belgilab beradimi?
- Bu borada OFK aslo hududiy federaciyalar, shu jumladan MOFAning ham ichki ishiga aralashmaydi. MOFA tarkibida MOFA kengashi mavjud bo'lib, bizda hammasini kengash va musobaqalar qo'mitasi hal qiladi. SHu oyda bo'lib o'tadigan ikkita musobaqani O'zbekistonga berish varianti qanday yuzaga keldi degan savolga keladigan bo'lsak, har bir musobaqa o'tkazish rejasi tuzilganidan keyin MOFA uni dastlab muhokamaga qo'yadi.

Yani, kim mezbonlik qiladi taklifini o'rtaga tashlaydi. Bunda barcha oltita davlat federaciyalari rasman ogohlantiriladi. Ko'pchilik bir ovozdan O'zbekiston variantini ilgari surgach, taklif musobaqalar qo'mitasiga havola qilinadi. Musobaqalar qo'mitasi masalani o'rganib chiqib kengash muhokamasiga qo'yadi. Qachonki kengash bir ovozdan maqullaganidan keyingina musobaqani qabul qiluvchi va o'tkazuvchi davlat rasman elon qilinadi.

- SHu o'rinda bazi muxlislarni MOFA O'FAga bo'ysunadimi degan savol qiziqtirayotgan bo'lishi mumkin.
- Yo'q, MOFA Toshkentda faoliyat yuritgani bilan alohida tashkilot hisoblanadi hamda O'FAga bo'ysunmaydi. Biz faqat OFKga bo'ysunamiz va OFK, FIFA reglamentlaridan kelib chiqqan holda ish yuritamiz. Oddiy misol, “CAFA U-16 Championship” musobaqasi taqvimiga nazar tashlasak, O'zbekiston terma jamoasi ishtirokidagi o'yinlar soat 17:00ga qo'yilganini ko'rasiz. Bizga O'FA tomonidan o'zimizning o'yinlarni sal kechroqqa qo'ysak bo'lmaydimi degan taklif bo'ldi, ammo MOFA bungacha barcha uchrashuvlar vaqti va joyini belgilab bo'lgandi, shu bois umuman ko'chirishning iloji yo'q edi. Buni hammaga bir xil tushuntirishga harakat qildik.

- “CAFA U-16 Championship” musobaqasida Eron va Turkmaniston jamoalari nima uchun kelmasligini izohlashdimi?
- Yo'q. Qoidaga ko'ra MOFA tarkibiga kiruvchi barcha davlatlarga taklifnoma yuborganmiz. Kimdan tasdiq javobi kelmasa, demak o'sha associaciyaning boshqa rejasi borligini anglatadi va biz nima uchun kelmayapsmizlar degan savolni bermaymiz. Bu madaniyat va etikaga to'g'ri kelmaydi.

- “CAFA U-16 Championship” qay tartibda o'tkaziladi?
- Ishtirokchilar soni to'rtta. Xuddi liga o'yini misol hamma bir-biri bilan o'ynab chiqadi. Yakunda musobaqaning g'olib va sovrindorlari aniqlanadi. “CAFA U-16 Championship” rasmiy ahamiyatga ega turnir bo'lib, g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoaga bosh sovrin kubok topshiriladi. Boshqa jamoalar esa medal va diplomlar bilan taqdirlanadi. Lekin musobaqaning mukofot jamg'armasi bo'lmagani uchun hech kimga pul vada qilinmagan. O'ylaymanki, hamma o'yinlar o'ziga yarasha qiziq kechadi va muxlislarni “Milliy” va “Lokomotiv” stadionida bo'ladigan bellashuvlarga taklif etib qolamiz.

- O'yinlarni boshqaradigan hakamlar faqat o'zimizdanmi yo chetdan ham chaqirilganmi?
- Albatta, chetdan ham taklif etganmiz. “CAFA U-16 Championship” musobaqasida o'zbekistonlik hakamlar bilan birga Tojikiston va Qirg'izistondan ham referilar bo'ladi. Uchrashuv komissarlari ham Qirg'iziston va Tojikistondan.

- MOFA keyinchalik milliy terma jamoalar o'rtasida ham shunday musobaqa tashkil etishi mumkinmi?
- Birdaniga oldinga o'tib ketib bir narsa deya olmayman. Har qanday turnir MOFAning keyingi taqdirini belgilab berishi mumkin. Biz rivojlanishning “ASEAN” mintaqasi yo'lini tanlaganmiz va ulardan o'rnak olishga harakat qilyapmiz. Yashirish shart emas, MOFA rejalariga milliy terma jamoalar o'rtasida ham turnir o'tkazish kiritilgan. Keyingi yil martda “Navro'z Kubogi” o'tkazishni mo'ljallab turibmiz.

X.Xoliqov suhbatlashdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика