Sanjar Qodirqulov: "Tezkor gol o'tkazib yuborganimiz ham yaxshilikka bo'ldi"
19 jan 2020 22:01
Yangiliklar


Sanjar Qodirqulov: "Tezkor gol o'tkazib yuborganimiz ham yaxshilikka bo'ldi"
U-23 Osiyo chempionati chorak finali doirasidagi BAA - O'zbekiston (1:5) uchrashuvidan keyin Sanjar Qodirqulov mikst zonada o'z fikrlarini bildirdi.
"Tashabbusga ega bo'ldik va haqli ravishda g'alaba qozondik deb o'ylayman. Endi Olimpiadaga bir qadam qoldi.
Tezkor gol o'tkazib yuborganimiz ham yaxshilikka bo'ldi, sababi aynan shundan keyin o'yinni kuchaytirdik va gollar urdik. Raqibdan kuchli ekanligimizni sezib turgandik. CHorak finalda ko'p kuch ketsa ham, kam kuch ketsa ham yarim finalda yaxshi o'ynash kerak. Xudo xohlasa Saudiya Arabistoni bilan o'yingacha tiklanishga ulguramiz.
Yarim finalga chiqdik. Bu bosqichda kuchsiz raqibning o'zi bo'lmaydi. Nasib qilsa g'alaba qozonamiz", - deydi Sanjar Qodirqulov.
Akramjon Mamadaliev
O’xshash yangiliklar

Fikrlar