Sane Kompani haqida: "Siti"da birga o'ynaganimizda bir kun sening murabbiying bo'laman degandi. Afsuski, bu ro'y berdi" Yangiliklar

Sane Kompani haqida: "Siti"da birga o'ynaganimizda bir kun sening murabbiying bo'laman degandi. Afsuski, bu ro'y berdi"

Leroy Sane Vensan Kompani "Bavariya" bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida fikr bildirib o'tdi.

"Biz u bilan birga "Siti"da o'ynaganimizda menga - "bir kun kelib sening murabbiying bo'laman", deb aytgandi. Men esa unga shunday javob bergandim: "Bunday bo'lmaydi!" Hozir esa bu ro'y berdi, afsuski (kuladi). Yo'q, hazillashdim. U bizning yangi murabbiyimiz bo'lganidan mamnunman.

Vensan o'yinchi sifatida mutlaq etakchi edi. U oldinga intilishni xohlaydigan, tezlik va o'yinni boshqarishni yaxshi ko'radiganlardan hisoblanadi. O'yinchi sifatida u jamoadoshlaridan doim shu narsalarni kutardi. Agar u shu narsalarni "Bavariya"ga ham olib kela bilsa, bu juda yoqimli bo'lardi", - dedi Myunxen klubi vingeri.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика