Sane Ispaniyaga qarshi bahsni ham o'tkazib yuborishi mumkin
24 noy 2022 16:40
Yangiliklar
Sane Ispaniyaga qarshi bahsni ham o'tkazib yuborishi mumkin
Germaniyaliklar vingeri Leroy Sane JCH-2022 guruh bosqichi doirasidagi Ispaniyaga qarshi o'yinni o'tkazib yuborish ehtimoli mavjud.
Bu haqda "Sport1" muxbiri Kerri Xau xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, vinger hali "bundestim"ning jamoaviy mashg'ulotlarida qatnashmaydi va individual tarzda shug'ullanadi.
Oldinroq Germaniya termasi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Sane Ispaniyaga qarshi o'yingacha tiklanishga ulgurishiga umid bildirgandi. Futbolchi tizzasidan olgan jarohati tufayli nemislarning Yaponiyaga qarshi (1:2) Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini o'tkazib yubordi.
Ispaniya bilan o'yin 27 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 00:00 da bo'lib o'tadi.
Fikrlar