Sane: "Gvardiola meni "Manchester Siti"ga o'tishga ko'ndirdi"
02 avg 2016 14:58
Yangiliklar
Sane: "Gvardiola meni "Manchester Siti"ga o'tishga ko'ndirdi"
"SHalke-04"dan "Manchester Siti"ga o'tgan yarim himoyachi Leroy Sane "shaharliklar" safiga qo'shilishda Xosep Gvardiolaning ishtiroki haqida gapirib berdi.
"Kelishuv amalga oshganidan xursandman. "Manchester Siti"ga o'tishim sabablaridan biri - bu murabbiy Gvardiola. Xosep klub taklifini qabul qilishga ishontirdi. Uning qo'l ostida ko'p narsani o'rganishimni bilaman va bu faoliyatimdagi yangi qadam bo'ladi. Gvardiolani "Barselona" va "Bavariya"da kuzatganman. U yoshlar bilan ko'p ishlagan va muvaffaqiyatlarga erishgan. Yangi mamlakatga ko'nikish uchun vaqt kerak bo'ladi, ammo bu tezroq amalga oshadi deb umid qilaman" - deydi Sane.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Рафинья: "Қоидалар ҳамма учун турлича бўлиши жуда оғир"
Флик кечаги кутилмаган мағлубият сабабини айтди
Fikrlar