Sane: "Gvardiola menga Messi va Neymar kabi o'ynab ko'rishni aytmoqda"
23 apr 2017 15:49
Yangiliklar
Sane: "Gvardiola menga Messi va Neymar kabi o'ynab ko'rishni aytmoqda"
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Leroy Sane jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola qo'l ostida ishlash haqida gapirib berdi.
"Gvardiola menga yordam berishi mumkin, chunki u Messi qanday o'ynashi, shug'ullanishini biladi. Menga ishonch berish uchun u shunday deydi: "Buni Messi va Neymar bajarganidek takrorlab ko'r".
APLga o'tganimdan so'ng biroz havotirlandim, chunki bu yangi jamoa, yangi mamlakat, chempionat haqida hech narsa bilmaysan. Ammo Gvardiola menga "SHalke"dagidek o'ynashim mumkinligini aytgan" - deydi Sane.
Fikrlar