Sane "Bavariya"ning shartlariga ko'ndi

Mirjalol Normatov
4 avg 2019, 17:56
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Leroy Sane "Bavariya" futbolchisi bo'lishga tayyor.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, futbolchi myunxenliklarning taklifiga rozilik bergan. Unga ko'ra, "Bavariya" futbolchiga yiliga 18 million evro maosh to'laydi.

Uning transferi 150 million evroni tashkil qiladi. Agarda bu amalga oshsa, u Bundesliga hamda "Bavariya" tarixidagi eng yirik transferga aylanadi.

Sane Angliya klubi tarixida 133 o'yinda qatnashib, 39 gol urdi va 45 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports