Sanchoni 45 millionga, Garri Maguayrni 40 millionga. MYU sotmoqchi bo'lgan futbolchilariga narx belgiladi
26 iyu 2023 10:06
Yangiliklar
Sanchoni 45 millionga, Garri Maguayrni 40 millionga. MYU sotmoqchi bo'lgan futbolchilariga narx belgiladi
“Manchester Yunayted” bir yo'la 12 nafar futbolchisini sotuvga qo'ydi.
Yozgi transfer bozorida faol bo'lish uchun jamoa bir qator nomlardan voz kechishga tayyor. MYU o'z futbolchilariga narx belgiladi. Unga ko'ra: Jeydon Sancho — 45 million, Garri Maguayr — 40 million, Antoni Marsyal — 25 million, Skott Maktominey — 40 million, Fred, Donni van de Bek, Entoni Elanga — 20 million, Aleks Telles — 10 million, Erik Bayi — 2 million, Brendon Uilyams — 5 million, Xannibal Mejbri — 13 million funtga sotishga tayyor.
Fikrlar