Sanchodan navbatdagi rekord
28 fev 2021 13:11
Yangiliklar


Sanchodan navbatdagi rekord
Dortmundning "Borussiya"si futbolchisi Jeydon Sancho Bundesligada 50ta golga assist bo'lgan eng yosh futbolchiga aylandi.
"Goal" xabariga ko'ra, futbolchining ushbu natijaga erishishi uchun 99 uchrashuv kerak bo'lgan. Yubiley assist esa Bundesliganing 23-turi doirasida "Arminiya"ga qarshi o'yinda amalga oshirildi.
Oldinroq Sancho turnirda 35ta gol urgan eng yosh futbolchi bo'lgandi. Bu natijaga u 20 yosh 10 oy 26 kunligida erishdi.
Ushbu mavsumda Sancho dortmundliklar tarkibida 30 o'yinda qatnashib, 11 gol va 16 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar