Sancho "Manchester Yunayted"ga qaytmasligini malum qildi
29 may 21:23
Yangiliklar


Sancho "Manchester Yunayted"ga qaytmasligini malum qildi
"Chelsi" Konferenciyalar Ligasi finalida "Betis"ni 4:1 hisobida mag'lub etdi.
O'yindan so'ng London jamoasi vingeri Jeydon Sancho telefonda kim bilandir gaplashdi. Sanchodan "MYUning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim bilan gaplashmadingizmi?", deb so'rashdi.
"Yo'q, men "Manchester Yunayted"ga qaytmayman", – deya javob berdi Sancho.
Malumki, 25 yoshli Jeydon Sanchoning transfer huquqlari "Manchester Yunayted"ga tegishli bo'lib, ijara asosida "Chelsi"da harakat qilmoqda.
Sancho Konferenciyalar Ligasi finalining 61-daqiqasida maydonga tushdi va uchrashuv yakuniga yaqin gol urishga erishdi. Jeydonning samarali zarbasi hisobni 1:2 dan 1:3 ga o'zgartirdi. Keyinroq "nafaqaxo'rlar" yana bir marta darvozani ishg'ol qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar