Sancho "Manchester Yunayted"ga qaytmasligini ma'lum qildi

Sherzod Nurmatov
29 may 2025, 21:23
"Chelsi" Konferenciyalar Ligasi finalida "Betis"ni 4:1 hisobida mag'lub etdi.

O'yindan so'ng London jamoasi vingeri Jeydon Sancho telefonda kim bilandir gaplashdi. Sanchodan "MYUning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim bilan gaplashmadingizmi?", deb so'rashdi.

"Yo'q, men "Manchester Yunayted"ga qaytmayman", – deya javob berdi Sancho.

Ma'lumki, 25 yoshli Jeydon Sanchoning transfer huquqlari "Manchester Yunayted"ga tegishli bo'lib, ijara asosida "Chelsi"da harakat qilmoqda.

Sancho Konferenciyalar Ligasi finalining 61-daqiqasida maydonga tushdi va uchrashuv yakuniga yaqin gol urishga erishdi. Jeydonning samarali zarbasi hisobni 1:2 dan 1:3 ga o'zgartirdi. Keyinroq "nafaqaxo'rlar" yana bir marta darvozani ishg'ol qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC