Sanat Shixov: "Terma jamoada katta o'zgarish ko'rmaymiz, muhimi futbolchilar yaxshi sport formasida"
20 mar 2025 12:58
Yangiliklar
Sanat Shixov: "Terma jamoada katta o'zgarish ko'rmaymiz, muhimi futbolchilar yaxshi sport formasida"
Keyingi bahs Tehronda Eronga qarshi bo'lib o'tadi. Aynan shu ikki o'yinda qo'lga kiritiladigan g'alaba terma jamoamizni mundialga juda yaqinlashtiradi. Mazkur o'yinlar oldidan sobiq futbolchi Sanat Shixovning fikrlari bilan qiziqdik.
"Terma jamoamizdan birinchi navbatda hujumkor o'yin kutmoqdaman, chunki ayni paytda barcha legionerlarimiz o'zining optimal formasida. O'ylaymanki, oldindagi ikki uchrashuvda g'alaba qozona olamiz. Faqatgina fikrni bitta joyga qo'yib diqqatni yo'qotmaslik kerak. Xudo xohlasa, ikkita o'yindan keyin Jahon chempionati yo'llanmasini hal qilamiz.
Fikrimcha, katta o'zgarishlar ko'rmaymiz. Lekin hujumkorlik va to'p nazorati yaxshilansa kerak. Qisqa fursatda nimanidir o'zgartirish imkonsiz. Mayda detallar, standartlar, himoyadan hujumga chiqishdagi harakatlarni o'zgartirish mumkin. Deyarli barcha futbolchilar Kapadze bilan avval ham ishlagan va murabbiyning talablarini yaxshi bilishadi. Muhimi hozirda hamma yigitlar formada. Hammasi yaxshi bo'lishiga ishonaman. Bu futbolchilarimiz vazifani uddasidan chiqishadi. Asosiysi o'yin tempini belgilab beradigan futbolchilarimiz o'zining optimal holatida. Shuning o'zi etarli bo'lishi kerak",- deydi Sanat Shixov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar