"San-Paulu" Kaka bilan shartnoma masalasida kelishib oldi
27 iyu 2014 22:01
Yangiliklar
"San-Paulu" Kaka bilan shartnoma masalasida kelishib oldi
San-Paulu Kakani olganidan so'ng Orlando Sitiga yarim yilga ijaraga beradi.
Brazil jamoasi futbolchi va MLS jamoasi bilan bu borada kelishuvga erishdi. SHu tariqa, Kaka kelasi mavsumni MLSda boshlaydi.
Eslatib o'tamiz, Kakaning "Milan" bilan shartnomasi 2015 yilning iyunigacha mo'ljallangan. Lekin, shartnomada "agar "rossonerilar" CHempionlar Ligasiga yo'llanma olmasalar futbolchi jamoani undan avval ham tark etishi mumkin" degan bandi bor.
Fikrlar