So’nggi yangiliklar

08:30Расман: «Қизилқум»ни яна 4 нафар футболчи тарк этди  0 08:06Суперлигада ўйнашга даъвогар «Хоразм»га «Локомотив» футболчиси ўтишга яқин  0 07:42А Серия. «Интер»да ғалаба, «Фиорентина» мағлуб бўлди  0 01:47МЮ босслари Рэшфордни таркибдан чиқариб юборган Аморимга босим ўтказишадми?  7 00:57"Арсенал"дагилар ҳавотирда  1 00:18"Интер" - "Комо". Таркиблар билан танишинг  0 00:01Зидан фақат иккита жамоани бошқариши мумкин  6 23:31ОКМК Дубайда Россиянинг икки клуби билан ўйнайди  0 22:43Роналду: "Қайси биринг Мессини мендан кучлироқ дединг?"  13 22:23Тозалик инспекторлари МЮ стадиони баҳосини 4дан 2га туширди. Нега?  4 21:18Расман: "Навбаҳор" африкалик футболчини ўз сафига қўшиб олди  14 21:00Ҳисобда акс этмаган — осон ғалаба! "Реал" - "Севилья" учрашуви таҳлили  5 20:41Умтитининг фаолияти хавф остида  5 20:19"Тоттенхэм" ҳужум чизиғини "Вулверхэмптон" вакили билан кучайтирмоқчи  0 19:56Раҳмоналиевнинг агенти футболчининг "Рубин"дан кетиши ҳақидаги хабарларга изоҳ берди  2

"Nasaf"ni chempion qilgan o'yinlar Yangiliklar

"Nasaf"ni chempion qilgan o'yinlar

Qashqadaryo viloyatining bosh jamoasi "Nasaf" o'z tarixida ilk bor chempionlikni qo'lga kiritdi.

Buni bemalol katta tarixiy yutuq desa bo'ladi. Va aytish mumkinki, "Nasaf" bu mavsum bir necha yillik mehnat samarasini ko'rdi.

Har bir chempionlik tagida katta mehnat yotadi va buni inkor etib bo'lmaydi. Ayniqsa bu yil jamoalar o'rtasidagi raqobat kuchaygani hamda jamoalarning kuch tomonlama deyarli tenglashgani "Nasaf" foydasiga o'ynadi. SHuning uchun bo'lsa kerak, eng avvalo o'zaro raqobatchilar bilan o'yinlarda qo'lga kiritilgan yutuqlar "Nasaf"ning mavsum tugashiga uch tur qolganida chempionlikni rasmiylashtirishiga sabab bo'ldi.

Xo'sh, bu mavsum yana kimlar bosh sovrin uchun harakat qildi? Albatta, "Paxtakor", OKMK va "Navbahor". Lekin shunday bo'ldiki, bu uch jamoa butun mavsumni bir tekis o'tkaza olmadi. Masalan, o'tgan yilgi chempion "Paxtakor" bu mavsum tarkib borasida bir nechta muammolarga duch keldi. Klub chempion tarkibni yig'a olmadi, qolaversa jamoa etakchisi Dragan CHeranning jarohat olib, bir nechta o'yinlarda maydonga tushmagani ham o'z tasirini ko'rsatdi. Jamoada aynan CHeranning o'rnini yopa oladigan futbolchi yo'qligi pand berdi.

OKMK tarkibni yoshartirish ustida ish olib bordi, jamoani ko'plab futbolchilar tark etdi, biroq bu chempion bo'lish natijasini bermasdi. Kelasi mavsum yanada kuchliroq OKMKni ko'rsak ajab emas. Yil boshida "Navbahor" oldiga ham chempionlik vazifasi qo'yilgandi. Kuchli tarkib yig'ildi, biroq bir nechta bahslarda muhim ochkolar boy berildi. Qolaversa Samvel Babayan ketgach, jamoada g'oliblik ruhi yo'qolib qoldi. Xullas asosiy raqobatchilarning turli sabablar bilan chempionlik uchun kurasha olmasligidan foydalangan "Nasaf" o'z o'yinlarini xotirjam o'tkazib kerakli ochkolarni qo'lga kiritdi.




Kuchlilar bilan o'zaro o'yinlar


SHu o'rinda chempionlik uchun kurashda "Nasaf"ga raqobatchilik qilgan jamoalar bilan qayd etilgan natijalarni yodga olsak. Agar chempionlik yo'lida chin manoda OKMK jiddiy raqobat qildi deb hisoblasak, "Nasaf" har ikkala o'yinda ham Olmaliq jamoasini mag'lub eta oldi. Bundan tashqari, "Navbahor" bilan o'zaro o'yinlarda ham 6 ochko qo'lga kiritildi. Jamoa bu mavsum "Paxtakor"ga yutqazmadi: safarda durang va uyda g'alaba. SHuningdek, o'z maydonida "Neftchi" mag'lub etilishi ham katta rol o'ynadi.

2-tur. "Paxtakor" - "Nasaf" 0:0
15-tur. "Nasaf" - "Paxtakor" 1:0

5-tur. "Nasaf" - "Navbaxor" 3:2
18-tur. "Navbaxor" - "Nasaf" 0:1

6-tur. AGMK- "Nasaf" 3:4
19-tur. "Nasaf" - AGMK 2:0

"Nasaf"ga chempionlik yo'lida ayniqsa 19-turda bo'lib o'tgan bahs muhim rol o'ynadi. Jamoa shu kuni o'z maydonida OKMKni qabul qilib, 2:0 hisobida zafar quchdi va chempion bo'lish sari dadil qadam tashladi. Taxminimizcha, aynan Qarshida bo'lib o'tan bellashuvdan so'ng Olmaliq jamoasi chempionlik yo'lidagi harakatni to'xtatdi.

To'g'ri, undan keyin uyda "Lokomotiv" mag'lub etildi, biroq keyingi turlarda "So'g'diyona" va "Metallurg" bilan durang hamda "Neftchi"ga imkoniyat boy berilishi OKMK imkoniyatlarini pasaytirib yubordi. "Nasaf" esa "Loko" bilan o'yinda kichik hisobda g'alaba qozonib, chempionlikni rasmiylashtirdi, xolos. Biroq jamoa o'z maydonida Olmaliq klubini mag'lub etganidan so'ng deyarli 90 foizga chempionlikni hal qilib bo'lgandi.




Mustahkam murabbiylar shtabi


Har qanday jamoaning chempion bo'lishida murabbiylar shtabi kimlardan iborat ekanligi va yil bo'yi qanday ishlagani muhim rol o'ynaydi. Ro'ziqul Berdievning "Nasaf" bosh murabbiyi sifatida ish boshlaganiga o'n yil oldin oshdi. Bu orada Kubokda g'alaba qozonildi, Superkubok qo'lga kiritildi, faqat klub muzeyiga chempionlik sovrini etmayotgandi.

Ro'ziqul Berdiev o'z jamoasi va jamoa imkoniyatlarini besh qo'ldek biladi. O'z atrofiga ham ishdan qochmaydigan murabbiylarni yig'gan deya olamiz. Masalan, SHuhrat Toshpo'latov o'z paytida Ro'ziqul Berdiev bilan o'ynagan hamda bosh murabbiy xayolidan nima o'tayotganini tezda o'qiy oladi. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy Ilnur Sibagatullin bir necha yil "Mashal"da faoliyat olib bordi, hozir esa "Nasaf"da ishlab kelmoqda. Ilnur Raupovich ham o'z ishining ustasi, u futbolchilarni o'yindan keyin qanday tiklash va jismoniy tomonlama bo'lajak bahslarga tayyorlashni puxta biladi.

Bundan tashqari "Nasaf" darvozaboni Abduvohid Nematovning shu darajaga etishida davrzabonlar murabbiyi Asliddin Hasanovning qo'shgan hissasi ham katta bo'ldi. Va bemalol aytishimiz mumkin, Abduvohid bu yil o'zining eng yaxshi mavsumini o'tkazdi va bemalol nafaqat eng yaxshi darvozabon, balki mavsumning "Eng yaxshi futbolchisi" bo'lishga ham to'liq haqli.

Ro'ziqul Berdievga shuningdek, klub sport derektori Sergey Kucherenko, texnik direktor Botir Qoraev, yosh murabbiy Davron Karimqulov, shuningdek shifokor Maruf Berdiev, massajchilar Hamza Mavlonov bilan Andrey Bezborodov, jamoa mamuri Alisher Turdiqulov va albatta klubning matbuot va media bo'limi katta yordam berdiki, bularsiz chempionlikka erishish nihoyatda mushkul edi. Va albatta, muxlislar va rahbariyatning qo'llab-quvvatlashi ham muhim rol o'ynadi.

O'zgarmas jamoa o'zagi


"Nasaf" bir necha yildan beri o'zgarmas tarkib bilan harakat qilib kelayotgan bo'lsa-da, aslida ko'p futbolchilar almashadi. Faqat bu global tarzda amalga oshirilmagani bois bazan sezmay qolamiz. To'g'ri, "Nasaf" yoppasiga tarkibni almashtirmaydi. Bu borada Ro'ziqul Berdiev juda ehtiyotkorlik bilan "etti o'lchab bir kes" qabilida ish tutadi. Ayniqsa jamoaga yangi futbolchini qo'shib olish chog'ida murabbiy o'ta jiddiy yondashadi. Legionerlar tanlovi borasida ham shu fikrdamiz. "Nasaf" legionerlarni tavakkal tanlamaydi va ko'p hollarda "Nasaf"da o'ynagan xorijliklar keyinchalik boshqa klublarga yo'l oladi.

"Nasaf"ning chempion bo'lishida klub akademiyasining roli ham katta. Bilamizki, bir necha yildan beri "Nasaf" futbol maktabi barqaror ishlab kelyapti. Ukrainalik mutaxassis Sergey Kucherenkoning futbol maktab rivojiga ko'p mehnati singgan. Bu insonni klubda kimdir yoqtirib, kimdir yoqtirmasligini eshitganmiz, biroq haqiqat shuki, Kucherenko kuchli mutaxassis va endilikda klub sport direktori sifatida "Nasaf" rivojiga o'z hissasini qo'shib kelmoqda.

Ro'ziqul Berdievda bitta odat bor, u futbolchilarni almashtiradi, tarkibni yangilaydi, lekin jamoa o'zagini imkon qadar uzoq vaqt saqlab qolishga harakat qiladi. Jamoa o'zagi bu - umurtqa pog'onasi degandek gap. Agar umurtqa pog'onasi bo'lmasa, biz gavdamizni tik tutib yura olmaymiz. Futbolda ham shunday. Jamoaning o'zagi bo'lmasa, g'alaba qozonmaysiz. CHempionlikni orzu qilish shunchaki xomxayol bo'lib qoladi. SHu bois ham Berdiev jamoa o'zagini saqlab qolgan holda faqat atrofini yangilab turadi.




Rahbariyat va muxlislar etibori


Qashaqadaryoda futbolni juda sevishadi. "Nasaf" esa voha ahli uchun shubhasiz birinchi raqamli jamoa hisoblanadi. Bir paytlar ustoz sharhlovchi Husan aka Temirov efir payti ko'p bora takrorlardilar: "Bugun "Nasaf"ning o'yini ko'rish uchun stadionimizga qo'shni tumanlardan, xususan CHiroqchi, Dehqonobod, Koson, Kasbi, Qamashi, Yakkabog', G'uzor va Kitobdan ham ko'plab muxlislar kelgan".

Ha, shunday. "Nasaf"ning o'yinini ko'rish uchun odamlar erinmay qo'shni tumanlardan boradi. Viloyatning deyarli 80 foizi "Nasaf"ga muxlislik qiladi desak xato bo'lmaydi. Bundan tashqari, klub rahbariyati ham doim etibor berib kelmoqda. Qashqadaryo viloyatining hozirgi hokimi Murotjon Azimov, "SHo'rtangazkimyo" majmuasi rahbari hamda klub prezidenti SHuhrat Aslanov bir necha bor "Nasaf" futbolchilari bilan uchrashgani haqidagi xabarlarga tez-tez ko'zimiz tushadi.

"Nasaf"ning shu darajaga etishida birlamchi navbatda marhum Nuriddin Zaynievich Zaynievning qo'shgan hissasi juda katta bo'lgan. Bu insonni bemalol zamonaviy "Nasaf" futbol klubi asoschisi deya olamiz. Bundan tashqari bir necha yil davomida "SHo'rtangazkimyo" majmuasiga rahbarlik qilgan Alisher Sultonov say-harakatlari bilan klub tizimi va infratuzilmasi ancha rivojlanib, zamonaviy ko'rinishga keltirildi. SHuningdek, taniqli menejer Bahrom Davlatov faoliyat olib borgan yillari klubda to'g'ri tizim yo'lga qo'yilib, "Nasaf"da yangi davr boshlandi.

Xullas, "Nasaf" chempion bo'lishi o'z-o'zidan sodir bo'lib qolgani yo'q. Klub bu yo'lda yillab harakat qildi va buning eng katta mevasini 2024 yilga kelib ko'rdi. SHu o'rinda saytimiz o'quvchilari nomidan "Nasaf"ni yana bir bor chempionlik bilan tabriklab, endigi maqsad Osiyo chempionlar Ligasida g'alaba qozonish deb qolamiz.

X.Xoliqov.

Reyting: +6   

Fikrlar

+7   
05 noy 12:11:13
Шуржи шахрисабз
Nasaf chempion, tabriklayman. Chempionlik uchun rahmatli Nuriddin Zayniyev, hokim M. Azimov va R. Berdiyev hamda jamoa uçhun mehnati singangan barcha-barchani, shular qatorida jamiki Nasaf muxlislarini tabriklayman. Biz halol qoʻlga kiritdik. Olgʻa NASAF.
+3   
05 noy 14:27:11
Faxriddin
Камандалар Хар доимгидан кучли .факат насаф Ута кучли.
Пахтакорни кучсизлангани сабаби хакамлар
+3   
05 noy 13:13:35
FANAT FC NASAF_REAL.M
Nasafdan tarkib ohirgi 7-8 yilda köp özgardi ayniqsa bir mavsumni özida 9 ta asosiy tarkib pahtakorga ötib ketgani va har yili 1 ta yetakchini nasafdan chet elga sotishiniyam hisobga olish kere
+3   
05 noy 12:45:38
Ibrohim.Muhammad Ali.Abdulloh Shamsiddinovichlar
Насаф клуби чемпионлик билан Ўзбекистон тарихига кириб. Ўзбекистон рекордини ўрнатди. Кўп марталик чемпион Пахтакор насаф клубидан кейинга тушиб қолди. Битта ОфК Насаф клубини биринчи ўринга олиб чиқди. Рўзиқул бердиев у ҳам Ўзбекистон тарихига кирди. Йилнинг энг зўри бўйича энди унга етиб олиш амир маҳол. Мисол учун Миржалол қосимов. Ҳали бирор марта ютмаган
+2   
05 noy 13:45:31
Alisher Sharipov
Omad
+1   
05 noy 17:16:50
muzaffarov1970@gmail.com
Насаф тугрисида канча ёзишса хам шунча кам. Истаймизми йукми Насафга тенг келадиган клуб йук Узбекистонда. Насаф чемпионликни галаба козониши бу уз узидан булгани йук. 1911 йили ОФК кубокни кулга киритган ягона клуб бу Насаф. Уша йиллари Насаф учун жон куйдирган собик вилоят хокими мархум Нуриддин Зайниев катта таъмал тошини куйиб кетган эди. Уша йиллари Насафга таникли мураббий Демьяненко бошкариб келган эди. Ана шу йиллар Насаф узинининг ёркин уйинлари билан Осиёда уз урнини топиб булган эди. Хозиргача Насаф бир канча мухим галабали уйинлари билан Халк жамоасига айланиб булди.
+1   
05 noy 17:10:56
Bahodirjon Nosirov
Насаф - чемпионлик муборак, жуда кучли жамоага муносиб ғолиблик, энди кейинги мавсумлар хам етакчиликни бермаслик керак!
+1   
05 noy 16:03:57
Bu shunchaki o'yin
2024 yil mavsumida Nasaf kuchlimi? YO'Q! O'ta kuchli!
+1   
05 noy 12:48:34
Grand Grand
Битта Мисол Насафни 3та тайёргарлик базаси бор 1чи асосий таркиб учун 2чи ешлар жамоалари учун 3чи футбол мактабини базаси
   
05 noy 21:00:36
Botir
Насаф ҳақиқий эркаклар жамоаси, бос фақат олдинга...
   
05 noy 19:34:19
Sera_M ¥ U
paxtakor bunyodkor chempion bulganda xam boshqa jamoalar uynolmagan sababi yuqoridan doim qungʻiroqlar kelib turgan
   
05 noy 15:24:26
Жахонгир-9
Юкори хукумат аъзоларининг ташрифи охирги марта Зафар.Рузиев хокимлиги вактида - И.Каримов ташриф буюрган ва автобус совга килган ва З.Рузиевга бу стадион инвраструктурасини яхшилашда У Эмас- Н.Зайниевни роли борлигини такидлаган эди.Чемпионликни кулга киритилиши 2 омилга кура кулга киритилди деб уйлайман.1) Куйидаги лар ни охирги уйинларда куп очко йукотганлиги .2) Насафнинг натижа учун уйнаганлиги. Эртанги уйинда ОЧЛ 2 да Насаф уз майдонида ракибини ютса хакикий чемпионлигини исботлаган булади.Ўзбекистонда футболчилар савияси барибир Эрон футболидан ортик эмас.
-1   
05 noy 14:46:00
mirabzal
насаф кейинги йилдан орзу бу́пколади чемпионлик бу йил Пахтакор дам Олди кейинги йилдан кайтади КУЧЛИ бу́либ насаф барбир элит лигада акли етмиди гурухдан чикомиди чунки тажриба 0 тактика 0 арабов ёриб ташиди
-6   
05 noy 11:49:00
Dilmurod Umarov
Comment is hidden (Show comment)
Nasaf jamoasiga hurmatim yuqori,lekin adminlar har ikki-uch xabarning birida Nasaf jamoasini yozib chiqyapsizlar,boshqa yozishga mavzuyingiz yo'qmi?
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика