So’nggi yangiliklar

23:25Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  0 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  10 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  7 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  222 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  9 20:29"Барселона" Шенсни бўйича қарор қабул қилди  2 19:52Хаби Алонсонинг "Реал" бош мураббийи этиб тайинланганидан кейинги илк фикрлари  7 19:25"Милан" янги спорт директорини тайинлади. Жамоани қайта тиклаш учун ким жавобгар бўлади?  7 19:02Дониёр Саидов: "Тажрибали мураббийларнинг тактик курашига гувоҳ бўламиз"  0 18:49Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" – "Андижон". Таркиблар маълум  14 18:37"Насаф"нинг Суперкубок баҳси учун "Бунёдкор"га етиб келишидан суратлар  1 18:28"Андижон"нинг Суперкубок учрашуви учун стадионга етиб келишидан суратлар  9 18:16Асрор Алиқулов: "Биринчи бўлимда бизга иккинчи бўлимдаги каби шижоат етишмади"  0 18:00БАА - Ўзбекистон учрашувини катта экранда томоша қилишни истаганлар диққатига!   12

Samvel Babayan: "Xalqimizni kichik muvaffaqiyat bilan tabriklayman" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Xalqimizni kichik muvaffaqiyat bilan tabriklayman"

Teglar :  Samvel Babayan
O'zbekiston va Bahrayn o'rtasidagi o'yindan keyingi tashkil etilgan matbuot anjumanida Samvel Babayan ishtirok etdi.
"O'z muxlislarimiz oldida g'alaba qozonish uchun harakat qildik. Bizga ham raqibga ham g'alaba kerak edi. Menimcha yomon o'yin namoyish etmadik. Yigitlar bugun professional ekanliklarini yana bir bor isbotlashdi. Butun xalqimizni kichik g'alaba bilan tabriklayman. Bugungi g'alaba bizning emas muxlislarning, mutaxassislar, jurnalistlar va xalqimizning g'alabasi", - deydi Babayan.

- Andreev bugun kutilmaganda maydonga tushdi va juda yaxshi o'ynab berdi. Unga rahmat aytmoqchiman.
- Stanislav Bahrayndagi bahsda ham ajoyib o'ynagandi. Andreevning statistikasiga etibor qiling, uning oxirgi natijalariga qarang. U oxirgi ikki yilda O'zbekiston chempioni bo'lmoqda.

- Siz 8ta o'yinda qatnashdingiz va 8ta g'alabaga erishdingiz. Bu rekord, lekin keyingi bosqichda bittagina xato sizni tanqidlar bo'roniga tutishini sezib turibsizmi? Sababi g'alabada do'stlar ko'p, mag'lubiyatda esa...
- Aytganimdek bugungi g'alaba hammamizniki. Keyingi bosqichdagi 12ta jamoa Osiyoning eng kuchlilari bo'ladi. Maqsadimiz har bir bahsga alohida tayyorgarlik ko'rish va g'alaba qozonish. Xudo xohlasa hammasi yaxshi bo'ladi.

- Sergeevning o'yinida pasayish kuzatilmoqda. SHunga qo'shilasizmi? Galiulinning ham o'yinlarini kuzatib borayapsizmi?
- Igor Sergeev gol urmagani uchungina o'yinida pasayish kuzatildi deyish noto'g'ri. U bugun katta hajmdagi ishni bajardi. Igor zamonaviy hujumchi. Legionerlar borasida familiyalarga to'xtalmayman. Hozir tarkibdagi 23 nafar futbolchi ayni paytda O'zbekistonning eng kuchli futbolchilari. Faqat shuni ayta olaman.

- Jamoamizning kuchsiz tomonlari sizga ko'rinayaptimi?

- Bu tarkib bilan Jahon chempionatiga chiqishga haqlimiz. Butun jamoa bilan bunga harakat qilmoqda.

- Keyingi bosqichga chiqdik. Sentyabr oyigacha hali vaqt bor. Orada yig'inlar va o'rtoqlik o'yinlari bo'ladimi? Agar o'rtoqlik o'yinlari bo'lsa iltimos O'zbekistonda bo'lsin.
- Iyun oyida FIFA kunlari bor. O'shanda o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish bo'yicha takliflar oldik. Qura tashlanganidan keyin raqiblar borasida aniq malumot bo'ladi. 

- Vitaliy Denisovning holati haqida nima deysiz?
- Bugun uning miyasi chayqaldi. Biroq barchasi joyida. U haqiqiy professional futbolchi. So'zim yakunida barchani yana bir bor g'alaba va keyingi bosqich bilan tabriklayman. Stadionga kelib bizni qo'llab turgan muxlislarga alohida minnatdorchilik bildiraman.

Narzulla Saydullaev
Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика