Samvel Babayan: "Virus bilan bog'liq vaziyat yoqimsiz va juda jiddiy"
05 fev 2020 23:43
Yangiliklar
Samvel Babayan: "Virus bilan bog'liq vaziyat yoqimsiz va juda jiddiy"
Xitoyning "CHanchun Yatay" klubini boshqarayotgan hamyurtimiz Samvel Babayan CHin yurtidagi vaziyat va koronavirusga qarshi kurash haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Biz hozir jamoani tayyorlash, qaysi yo'nalishda ishlash va qachon maksimal yuklamalar berish kerakligini bilmayapmiz. Virus bilan bog'liq vaziyat yoqimsiz va juda jiddiy. Ammo jamoamizga hamma narsa nazorat ostida ekanligi aytilmoqda, chunki allaqachon davlat darajasida chora-tadbirlar ko'rilmoqda. Ammo tabiiy ravishda xavotirlarimiz mavjud. Ehtiyotkorlik choralari ko'rilmoqda, bizning tibbiy shtabimiz ham shu bilan shug'ullanyapti.
Bayramgacha 10 foiz odamlar tibbiyot niqoblaridan foydalangan bo'lsa, hozir niqoblarni barchada ko'rishimiz mumkin. Albatta, bunday manzara juda ham yoqimsiz“, — dedi “Lokomotiv“ning sobiq bosh murabbiyi.
Fikrlar