So’nggi yangiliklar

00:58Трент АПЛга қайтиши мумкин  1 00:39Саудия Арабистони. "Ал Насср" Роналдусиз иккинчи ўйинда ҳам ғалабага эришди  8 00:11Пеп Гвардиола: "Ливерпуль" ўзгача жамоа бўлиб қолаверади"  2 23:47"Реал" вингери сафдан чиқди  7 23:24"Ал Насср" футболчиси "Зенит"га ўтмоқда  4 22:59Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши ўйнашга тайёр бўлган  12 22:30Хамес Родригеснинг янги жамоаси эълон қилинди  2 22:09Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити"да ой футболчиси!  24 21:40"Мундиалда фақатгина ютамиз, ҳеч нарса йўқотмаймиз" – Фабио Каннаваро билан катта интервью  6 21:01Тажрибали футболчи фаолиятини "Манчестер Юнайтед"да якунламоқчи  3 20:37Назорат ўйини. “Бунёдкор” Россия клубига мағлуб бўлди  2 20:09ОКМК Россия жамоаси устидан ғалаба қозонди  4 19:57Ўзбекистон футзал терма жамоаси мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  25 19:35"Металлург" голларга бой ўйинда "Локомотив" U-21'дан устун келди  2 19:23"Барселона" Левандовскига янги шартнома таклиф қилмоқчи  7

Samvel Babayan: "Vazifamiz eng yaxshi o'yinni ko'rsatish" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Vazifamiz eng yaxshi o'yinni ko'rsatish"

CHempionlar ligasida "Naft"ga qarshi uchrashuvdan avval matbuot anjumani o'tkazildi.
Samvel Babayan ("Paxtakor" bosh murabbiyi): - Futbol ananalariga ega va uni juda yoqtiradigan Eronda bo'lib turganimdan xursandman. Bizni juda muhim o'yin kutib turibdi. Raqibni juda yaxshi bilamiz, Eron chempionatida ijobiy natijalarga erishayotgan kuchli jamoa, CHempionlar ligasining oxirgi ikki o'yinida juda yaxshi futbol namoyish qildi. Qiyin o'yin bo'lishi aniq. Vazifamiz eng yaxshi futbolni namoyish qilib, turnirda ishtirokimizni davom ettirishga imkoniyat beradigan natijaga erishish. Uch jamoada yaxshi imkoniyat bor. Ertangi o'yin qaysi jamoa olg'a yurishda davom etishi mumkinligini ko'rsatadi. Tajribamda 3 turdan keyin 1 ochko to'plagan jamoalarning keyingi bosqichga chiqqani kuzatilgan. Guruhimiz g'arbiy mintaqada eng kuchlisi. Har bir jamoa kurashni oxirigacha davom ettiradi.
Akbar Ismatulaev ("Paxtakor" yarim himoyachisi): - O'ylaymanki, ertaga muxlislarni qiziqarli o'yin kutib turibdi. O'z o'yinimizni ko'rsatib, uyga zarur natija bilan qaytishga harakat qilamiz.
 
Ali Rizo Mansuriyan (“Naft” bosh murabbiyi): - Ertaga yaxshi o'yin kutyapman. Turnir boshidan buyon barqaror o'yin ko'rsata olmayapmiz. Oxirgi 2 uchrashuvda zarur natijani qo'lga kiritdik. Bizda CHempionlar ligasida ham, milliy chempionatda ham bosim mavjud, lekin bor kuchimizni ko'rsatishga intilamiz. So'nggi vaqtlarda Eron chempionati Angliyanikiga o'xshab ketdi, har 3-4 kunda maydonga tushyapmiz. "Paxtakor" guruhdagi eng kuchli jamoa bo'lsa kerak. U juda tartibli futbol namoyish qiladi. Tarkibida kelajakda yaxshi saviyadagi ijrochilarga aylanishi mumkin bo'lgan o'yinchilar bor. Bizda ham o'sishga muhtoj futbolchilar etarli.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика