So’nggi yangiliklar

03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  1 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  1 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  14 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  1 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  7 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  0 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   4 21:35Рўзиқул Бердиев: "Чемпионатда ҳеч қандай мақсад қолмаган"  14 21:09Жамшид Саидов: "Ёш болалардек ўйнадик, рақиб бизни янчиб ташлади"  0 20:57Сергей Лушчан: "Навбаҳор" футболчилари "Нефтчи"га ўтяпти? Балки..."  2 20:33Суперлига. "Навбаҳор" "Қизилқум"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1

Samvel Babayan: "Terma jamoaning muvaffaqiyati – Babayanning yoki futbolchilarning emas, mamlakatning yutug'i" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Terma jamoaning muvaffaqiyati – Babayanning yoki futbolchilarning emas, mamlakatning yutug'i"

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Rossiyaning “Championat.com” nashriga intervyu berib, xususan, mamlakatdagi futbol rivoji, iqtidorli yosh futbolchilar avlodi, shuningdek, Jahon chempionati umidi haqida to'xtalib o'tdi.

“O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichida ishonch bilan odimlab boryapti. Ayni paytda o'z guruhida ikkinchi o'rinni egallab turgan jamoa, Rossiyada o'tkaziladigan mundialga yo'l olish uchun yaxshi imkoniyat hosil qilgan. Ko'pchilik ushbu muvaffaqiyatlarni terma jamoani qabul qilib olganiga u qadar ko'p bo'lmagan Samvel Babayan nomi bilan bog'lamoqda. “CHempionat”ga bergan intervyusida murabbiy mamlakatda futbolning jadal rivojlanishi, mahalliy futbolchilar metaliteti va yangi, iqtidorli yosh avlodning etishib chiqayotgani haqida so'z yuritdi.

-  Erondan qabul qilib olingandan keyin futbolchilarni yana kerakli yo'nalishga qaytarish qiyin bo'lmadimi?


-  Birinchi navbatda bu ruxiyat bilan bog'liq masala. Biz maydonda ustunlikni to'liq o'zimizda ushlab turgan, eng yaxshi o'yinlarimizni yodga olishimiz va o'sha yo'singa qatishimiz lozim edi. Eron bilan o'yinda biz ikkita xatoga yo'l qo'ydik. Ulardan biri golga olib keldi. Undan tashqari o'sha o'yinda jamoaning asosiy futbolchisi, atrofida o'yin quriladigan etakchimiz – Odil Ahmedov maydonga tusha olmadi. Xitoyga qarshi kechgan so'nggi o'yinimizda, tavakkalchilikka yo'l qo'yib bo'lsa-da, uni o'ynatishga qaror qildik. Yaxshiki, u qaytishi bilan biz yana o'yin tizginini qo'lga oldik va o'z o'yinimizni namoyish qilib, muhim g'alabani qo'lga kiritdik.

-  Xitoyda hozir futbolga juda katta pullar “oqib qiryapti”. Biroq bundan mahalliy futbolchilarga ko'p ham foyda bo'lmayotganga o'xshaydi. SHu haqida nima deb o'ylaysiz?


-  Men Xitoy futboli bilan etarlicha tanishman. Terma jamoaning uch azosi ushbu mamlakat chempionatida faoliyat yuritadi. Biz raqiblarimizni patalogoanatomik darajada o'rganib chiqamiz. Har bir raqib taktikasi, strategiyasidan, har bir futbolchining individual ko'rsatkichlarigacha. Men Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi bilan ham yaxshi tanishman va meni Xitoy terma jamoasi saralashning uchinchi bosqichida bu qadar yomon natijalar qayd etayotgani xayratga solyapti. Bu men uchun haqiqiy topishmoq bo'lib turibdi. Ular ikkinchi bosqichni ajoyib tarzda o'tkazishdi. Ammo hozir ularga nima bo'layotganini tushuntirib berish qiyin. Futbol yulduzlarining tashrifi Xitoy futboli rivoji yo'lida yaxshi turtki bo'ldi. Termadagi muammolar esa ruxiyat bilan bog'liq deb o'ylayman. Jamoada bosim haddan tashqari yuqori. Ular Toshkentda bizga qarshi o'yin o'tkazishganida xitoylik jurnalistlar o'zbekistonlik jurnalistlardan ancha ko'p edi.

-  O'z vaqtida O'zbekistonga ham, xuddi Xitoyda bo'layotgani kabi Jahon darajasidagi yulduzlar tashrif buyurishgandi – Rivaldo, Skolari, Eto’O. Xorijliklarni taklif qilish tizimi natija berdimi?


-  Xitoy bilan taqqoslaganda O'zbekiston bu borada racionalroq, sifatliroq va kerakli haridlar qilgan. Bilishimcha, Xitoyda mamlakat futboliga pul ajratgan, homiliy qilgan kompaniyalar uchun davlat tomonidan imtiyozlar bor. SHu sababli ham Xitoyning ko'pgina klublari moliyaviy jihatdan qo'rqinchli kuchga aylanib ketdi. Ular kelajak uchun bu ishlarni qilyapti. Futbolni rivojlantirishning bir necha yillik rejasini tuzishgan. Birinchi navbatdagi vazifa ular uchun futbolni ommaviyligini oshirish. Bunga erishilgandan keyingina sifatga ko'proq etibor qaratiladi.

Bizning futboldagi “bum”ga to'xtaladigan bo'lsak, ha, xorij yulduzlari tashrifi futbol rivojiga yaxshigina turtki bo'ldi. “Bunyodkor” va “Paxtakor” o'rtasida juda kuchli qarama-qarshilik yuzaga keldi. Ommaning futbolga qiziqishini oshishiga sabab bo'ldi. Derbi vaqtida o'shanda stadionlar to'lardi. Futbol bilan shug'ullanishni istaganlar soni ham anchaga oshib ketdi.

 -  Futbolga bo'lgan qiziqishning oshishi, hozirda terma jamoaning saralashdagi muvaffaqiyatli ishtirokining asosiy omili bo'ldi, deb aytsa bo'ladimi?


-  Biz azaliy orzumiz – Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish yo'lida bir necha muhim qadamlarni tashladik. O'zbekiston terma jamoasi qandaydir qahramonlik ko'rsatdi, deb aytishga esa hali erta. Oldinda qilinishi lozim bo'lgan ishlar juda ko'p. Biz uchun eng muhimi – navbatdagi o'yin. Janubiy Koreyaga qarshi bo'ladigan o'yinga tayyorgarlik ko'rish oldidan jamoa muvaffaqiyatlari haqida to'xtalib o'tirishni o'rinsiz deb bilaman.

-  SHunday bo'lsa ham, siz terma jamoaga kelganingizdan so'ng nima o'zgardi? CHunki, siz kelgach, natija ham keldi.


-  Qaytaraman, men qandaydir natijalarni qo'lga kiritganimiz haqida ortiqcha og'iz ko'pirtirish bilan shug'ullanmoqchi emasman. SHuni aytishim mumkinki, men bir maqsad yo'lida birlashgan, o'yin modelini yaxshi anglab etayotgan va qo'yilgan vazifani bor kuchini berib bajarayotgan jamoa to'plaganman. Men hamma bilan muloqotda bo'lib, bir maqsad yo'lida birlashishga erisha oldim. Futbolchilar, hamkasb-murabbiylar, jurnalistlar, muxlislar, barcha-barcha bilan shu maqsadda, uchrashib, suhbatlashdim. Terma jamoaga jalb qilinayotgan ko'pgina futbolchilar “Paxtakor” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Men bu klubni 15 yil boshqardim. Asosiy etibor futbol maktabi – akademiya – yoshlar jamoasi – asosiy jamoa vertikalidagi tizimni yaxshi ishlashiga qaratganmiz. Bu futbolchilarning hozirgi darajaga etib kelgunigacha bo'lgan evolyuciyasida bevosita ishtirok etganman. Buning hozirgi ishimda ko'p foydasi tegyapti.

-  Rossiyada klublarning va terma jamoaning manfaatlari kesishmaydi. Aksincha, bazan klub manfaatlari terma jamoanikidan ustun qo'yiladi. O'zbekistonda vaziyat boshqachami?


-  Rossiyadagi holatdan xabardorman. Doim diqqat bilan kuzatib boraman. Klublarning manfaatlari terma jamoanikidan ustun qo'yilishi esa meni taajublantiradi. Rossiya futbolining asosiy muammolari zamirida ham shu yotadi, deb o'ylayman. Men terma jamoa murabbiyi etib tayinlanganimdan so'ng, ilk rasmiy o'yinimgacha katta hajmdagi ish olib bordim. Xuddi sizlarda bo'lgani kabi, O'zbekistonda ham o'z futbolchilarini tanqid qilish urfi bor edi. Jurnalistlar bilan uchrashib, ularga savol berdim: “Men terma jamoaga jalb etayotgan futbolchilardan kuchliroqlar bormi bizda?”, deya. “Yo'q”, degan javob oldim. Unda nega ularni qo'llab quvvatlamaysizlar? Agar bizda Ahmedovdan, Denisovdan, Jeparovdan kuchliroq futbolchilar bo'lsa, ko'rsatinglar. Men ularni terma jamoaga taklif etay... Men jamoaga ortiqcha bosim o'tkazmasliklarini so'radim. Ularning hammasi bu tanqidiy maqolalarni o'qishadi. Ularni qo'llab-quvvatlash kerak. Ular xalq iftixorlari. Men muxlislar bilan ham uchrashdim. Fan-klublar etakchilariga yuzlanib, terma jamoaning yutug'i – Babayanning yoki futbolchilarning emas, mamlakatning yutug'i ekanini tushuntirdim.

-  Siz terma jamoaga ko'pgina yosh futbolchilarni jalb etmoqdasiz. Bu majburlikdan qilinayotgan ishmi yoki haqiqatdan ham O'zbekistonda iqtidorli yosh avlod etishib chiqyaptimi?


-  Bizda hozir haqiqatdan ham istedodli yosh futbolchilar juda ko'p. O'zbekiston o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatlarining doimiy ishtirkchisiga aylanib bo'ldi. Men milliy terma jamoaga jalb etayotgan yoshlar ham bu turnirlarda qatnashgan va yaxshi tajribaga ega bo'lgan. Masalan, Yangi Zellandiyada bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida bizning jamoa sakkizinchi o'rinni egalladi. Yaxshi natija. Ammo men ular yarim finalgacha etib bora olardi, deb o'ylayman. O'sha turnirda ishtirok etgan yigitlar hozir o'z klublari etakchilari. Osiyo CHempionlar Ligasida o'ynayapti. Men O'zbekistonning shu vaqtgacha bo'lgan eng kuchli tarkibini boshqaryapman, deb hisoblayman. Bu mening o'ta shaxsiy fikrim, albatta. Hozir tarkibimizda  Ahmedov, Denisov, Ismoilov, Xaydarov, Jeparov va Geynrix darajasidagi futbolchilar bor. O'yin ular atrofida quriladi. Bunga qo'shimcha ravishda bizda Sergeey, Krimec, SHukurov, Xoshimov, Sohibov, SHomurodov kabi yosh futbolchilar ham bor. Ayniqsa, SHomurodovni alohida takidlagan bo'lardim. Hozirgi paytga kelib Eldor terma jamoaning asosiy tarkib futbolchisiga aylanib ulgurdi va yaqin kelajakda jamoa etakchisiga aylanadi, deb o'ylayman. U maydonda katta hajmdagi ishni bajaradi. Jismonan ham u juda baquvvat yigit. Driblingga kirishishdan qo'rqmaydi. Uning individual mahorati – tabiat inomi. Ko'pchilik futbolchilar shunday texnikaga ega bo'lishi mumkin. Ammo, SHomurodov o'z driblingini kerakli vaqtda ishlata biladi va o'z vaqtida to'pni sheriklariga ham etkazib beradi yoki darvoza tomon zarba yo'llaydi. SHuningdek, hujumlarga so'nggi nuqtani qo'yishni ham yaxshi eplaydi. Kelajakda top-futbolchi bo'lib etishadi, deb o'ylayman.

-  U faoliyatini Evropada davom ettirish haqida o'ylab ko'rmayaptimi?


-  Hozir ayrim Osiyo klublarining moliyaviy imkoniyatlari juda keng. Biror arab klubiga borib, degradaciya qilish ham mumkin. Afsuski, shunday misollar ham uchrab turadi. Ammo SHomurodov aynan Evropada faoliyat yuritmoqchi. O'sishni istayapti. U mana shu yo'nalishda fikrlayotgani men uchun yoqimli.

-  Yoshlar mavzusini yakunida yana bir savol: Mamlakatda shunday iqtidorli yosh futbolchilar avlodini etishib chiqishi tasodifmi yoki mamlakatdagi futbolga bo'lgan etibor natijasimi?


-  O'zbekistonda futbol jadallik bilan rivojlanayotganining asosiy sabablarida biri – prezident qaroriga muvofiq hukumat tomonidan ushbu sport turi doimiy ravishda qo'llab-quvvatlanadi va moliyalashtirladi. Futbol infrastrukturasi, moddiy bazasi yaxshilanmoqda. Toshkent bo'ylab sayohat qilsangiz, o'ng va chap tomoningizda bolalar ertalabdan kechgacha futbol o'ynayotgan maydonlarni ko'rasiz. Har bir viloyatda xalqaro musobaqalarni o'tkaza oladigan stadionlar qurilgan. Har bir futbol klubi o'z qoshida bolalar futbol akademiyalari ochishi majburiyati qo'yilgan. SHu o'rinda futbol rivoji uchun o'z qalbi va yuragini tikkan O'zbekiston Futbol Federaciyasi prezidenti Mirabror Usmonovning ham xizmatlarini alohida takidlab ketishni istardim.

-  O'zbek futbolining xalqaro maydondagi eng yorqin namoyondasi – Ravshan Ermatov hisoblanadi. Uning fenomeni nimada?


-  Birinchi navbatda, Ravshan – qon-qonigacha professional. U o'z ustida ishlash bo'yicha har kuni olib boradigan mashqlari, hech bir sportchining tushiga ham kirmagan bo'lsa kerak. Bu – ulkan mehnat. SHu bilan birga, albatta, istedod. Uning otasi futbol murabbiyi bo'lgan, Oliy liga o'yinlarida hakamlik qilgan. U o'g'liga to'g'i tarbiya bera olgan. Menimcha, Ravshan – bugungi kunda dunyoning eng yaxshi hakami.

-  O'zbekiston terma jamoasi  FIFA reytingida Rossiyani ortda qoldirib, o'zining eng yaxshi ko'rsatkichini takrorladi. Bu reytingga etibor qaratasizmi?


-  Albatta, xalqaro reytingda jamoaning yuksalishini ko'rish yoqimli. O'rtoqlik uchrashuvlarida raqib tanlash borasida ham bu malum ustunliklar beradi. Hamma reytingdagi o'rningga qaraydi. O'sish va rivojlanishni ko'rish – ajoyib.

-  Jamoa oldida qanday vazifa turibdi?


-  2018 yilda Rossiyada bo'ladigan Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish”.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика