So’nggi yangiliklar

21:00Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" (матнли трансляция)  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  18 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:53Суперлига. "Шўртан" - "Хоразм" 1:2 (матнли трансляция)  3 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  3

Samvel Babayan: "Qura bizga qiziqarli raqiblarni ro'para qildi" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Qura bizga qiziqarli raqiblarni ro'para qildi"

O'zbekiston kubogi musobaqasining guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Navbahor" (0:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- O'zbekiston kubogi musobaqasida qura bizga qiziqarli jamoalarni ro'para qildi. Guruhdagi barcha raqiblarimiz kuchli va nomdor jamoalar hisoblanadi. Dastlabki o'yindayoq chempionat peshqadami bilan markaziy o'yinda maydonga tushdik. G'alabadan xursandmiz, yigitlar yaxshi o'yin namoyish etishdi. Bizga qo'shimcha ishtiyoq berib turgan muxlislarimizga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiraman.

- Islom Kenjaboev nega bugun maydonga tushirilmadi?

- Kenjaboevda jarohat bor edi. U ketma-ket ikki bor asosiy mashg'ulotlarimizni o'tkazib yubordi. SHu sabab bugun uni maydonga tushirib tavakkal qilishni istamadik. Albatta keyingi o'yinlarda jamoamizga yordam berishiga ishonamiz.

- Elguja Grigalashvilining o'yini haqida fikringiz qanday?

- Bugun Elguja katta hajmdagi ishni bajardi. Uning o'yinlaridan hamisha qoniqish hosil qilganman. Elguja jamoamizning liderlaridan biri va bugun ham o'zini har tomonlama ko'rsata oldi.

- Superliga va kubok bahslarida jamoa oldidagi aniq maqsad qanday?

- Biz avvalo "Navbahor" nomini, brendini yanada yuksaltirish borasida ishlayapmiz. Superligadagi maqsad joriy mavsumda jamoani OCHL yo'llanmasiga ega chiqishini taminlashdan iborat. Kubok bahslarida ham oldimizda g'oliblik, finalga qadar etib borish vazifasi turibdi. Takror aytaman, "Navbahor" brendini yanada yuksaltirish asosiy vazifalarimizdan biri hisoblanadi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика