So’nggi yangiliklar

15:35"Олимпик"нинг қарзи 3 миллиардга етди, 4 ойдан буён маош йўқ  1 15:20"Тоттенхэм" яна оғзидаги ошни "Арсенал"га олдирмоқда   2 14:55"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади  2 14:23"Эвертон" "Саутгемптон" вингерини 50 млн евро эвазига сотиб олди  0 13:55"Фенербахче", "Ризеспор" академиялари қатнашган халқаро турнирда "Бунёдкор-2011" бош совринга эга чиқди, иккинчи ўрин "Пахтакор-2011"га насиб қилди  1 13:35Факт. "Сўғдиёна" ўз тарихида учинчи маротаба Ўзбекистон Кубоги ярим финалига чиқди   1 13:1516 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди   3 12:55Факт. "Навбаҳор" 8 йилдан сўнг дарвозасидан 4 та гол ўтказди  4 11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  7 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  4 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0 10:33Пролига. Бугун 13-тур якунланади  0 10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  7 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  4 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0

Samvel Babayan: "Paxtakor" peshqadam - muxlislarimiz bundan xursandlar" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Paxtakor" peshqadam - muxlislarimiz bundan xursandlar"

"Paxtakor" - "Olmaliq" uchrashuvidan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida Samvel Babayan qatnashdi.
"Biz bugun muhim g'alabaga erishdik. Bundan xursandman va Yaratganga shukur aytaman. Raqibni hurmat qilgan holda aytishim mumkinki, bizda ko'plab vaziyatlar bo'ldi. Ulardan foydalanishda oqsadik. Mehmonlarda esa birgina juda yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Hisob yirikroq ko'rinish olishi mumkin edi. O'z navbatida “Olmaliq”ning yaxshi harakat qilganini etirof etmoqchiman. Ularda yuqori saviyadagi murabbiylar shtabi va futbolchilar bor.

Himoyada yaxshi o'ynadik. O'yin oxirida esa foydalana olmagan vaziyatlar tufayli darvozamiz oldida keskin holat sodir etilganiga guvoh bo'ldik. Hali bahorgi futboldan to'liq qutula olganimiz yo'q. Hali ishlashimiz kerak. O'yinlar o'tib borishi bilan yanada yuqori formaga kirib boramiz. Mashg'ulotlarda kamchiliklar ustida ishlashimiz lozim.

Hakimov bugun o'ziga yuklatilgan vazifani yaxshi uddaladi. Unda katta futbolga o'tishdi va ruhiy tarafdan bazi muammolar bor edi. Menga ishoning, jamoamizda texnik imkoniyat bo'yicha unga etadigan hujumchi yo'q. U hali o'zini ko'rsatishi va yuqori saviyada o'ynashiga ishonaman. Unga bugun ozgina sovuqqonlik etishmadi. Gol urganda o'yin qahramoniga aylanardi.

Terma jamoaga taklif qilishlari borasida hech narsa gapirmoqchi emasman. Hozir O'zbekiston terma jamoasida juda malakali mutaxassis boshqarmoqda. Kelinglar uni qo'llab quvvatlaylik, termamizga omad tilaylik. U O'zbekiston futboli uchun juda katta ish qilgan. 

O'tgan oyda meni OAV vakillari eng yaxshi murabbiy deb topishdi. Iskanderov esa eng yaxshi futbolchiga aylandi. Bundan juda xursandman. Bundan keyin ham o'zimga bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilaman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика