So’nggi yangiliklar

22:10Про лига. "Олимпик Mobi-Uz" ва "Хоразм" ўзаро дуранг ўйнади  0 22:00РПЛ. "Рубин" ва Ашурматов Қозонда "Химки"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  0 21:45Суперлига. "Бобур Арена"да 5 та гол урилган баҳсда ОКМК камбэк қайд этди  55 21:42"Атлетико" 30+5 млн евролик трансферни амалга оширди  1 21:17"Нью-Йорк – кўк-аноррангда". "Барса" "Реал" билан ўйин олдидан Таймс-скверда клуб либосидаги Озодлик ҳайкали акс этган роликни намойиш этди  0 20:23"Бенфика" Феликс учун 60 млн евро тўлашга тайёрмас  2 19:25"Атлетико" "Манчестер Сити" ҳужумчиси учун 40+20 млн. евро таклиф қилмоқчи  0 18:33Сеулдаги баҳсда "Бавария" "Тоттенхэм"ни таслим қилди  0 17:46Гвардиола "Сити" томонидан 22 марта қоида бузилгани ҳақидаги маълумотга изоҳ берди  2 17:11"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни оширди  1 16:21Испания терма жамоаси футболчиси 40 млн. евро эвазига "Атлетико"га ўтди  3 16:10"Акрон" - "Динамо". Эсанов таркибдами?  4 15:43"Тоттенхэм" - "Бавария". Таркиблар эълон қилинди  3 15:30"Атлетико" 30+5 млн. евро эвазига ҳужумчи сотиб оляпти  4 15:00ОКМК ФК ва Қирғиз Республикаси академияси ўртасида меморандум имзоланди  3

Samvel Babayan: "Osiyoda oddiy raqiblar qolmadi" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Osiyoda oddiy raqiblar qolmadi"

O'zbekiston va Yaman terma jamoalari o'rtasidagi o'yindan oldingi matbuot anjumanida dastlab Samvel Babayan va yarim himoyachi Sardor Rashidov qatnashdi.
"Ertaga bunday tarkib bilan ilk o'yinni o'tkazamiz. Bizga berilgan vaqtda ancha samarali mehnat qildik. Biroz oldinroq mahalliy futbolchilar bilan yig'in o'tkazdik. Avgust oyi oxirida esa legionerlar bilan birga yig'in o'tkazdik. Bugungi kunda jamoamiz 100 foiz tayyor emas. Kuni kecha o'tkazgan ikki tomonlama o'yin bizga ko'p narsa berdik. Uni tahlil qilib chiqdik. Terma jamoadagi muhit ancha yaxshi. O'yin falsafasini singdirishga urinayapmiz", - deydi Samvel Babayan.

"Ertaga g'alaba qozonishga urinamiz. Yaman ham yaxshi jamoa, ularni o'rganib chiqdik. Tayyorgarlik yaxshi o'tdi", - deydi Sardor Rashidov.

- Oliy ligada yaxshi sport formasida bo'lib turgan SHohruh Gadoev va SHuhrat Muhammadiev kabi futbolchilarga nima uchun javob berildi?
- Terma jamoa barchaniki bu futbolchi mana bu klubdan, unisi bundan degan narsa yo'q. Gadoev va Muhammadiev terma jamoaga nomzod futbolchilar hisoblanishadi. Ammo hozirgi kunda tarkibimizda undan kuchliroq futbolchilar bor. Barcha o'yinchilar keyingi o'yinlarga chaqirilishi mumkin, barchasi o'zlariga bog'liq. Hozirgi tarkibimiz tarixdagi eng kuchlisi.

- Andreev Gadoevdan kuchlimi?

- Ha Stanislav Andreev hozirda Gadoevdan kuchli.

- Yaman qanchalik o'rganildi?

- Ularning ikkita o'yin o'tkazganini bilamiz. Raqibni o'rganishga urindik. Osiyoda hozirda oddiy o'yinlar yo'q. Bizning maqsadimiz Jahon chempionatiga chiqish, demak faqat g'alaba qozonishimiz kerak.



- Sardor siz legioner sifatida ilk bor terma jamoaga chaqirildingiz. Bosim yo'qmi?
Sardor Rashidov:
- Yo'q hech qanday bosim yo'q, o'zimning bor kuchim bilan o'ynashga urinaman. Muxlislarning ishonchini oqlashga harakat qilaman.

- Hozirda chap qanot himoyasida Vitaliy Denisov bor xolos. Agar mobodo u jarohat olsa uni o'rnini kim bosadi?
 
- To'g'ri aytdingiz, futbolda har narsa bo'lishi mumkin. Denisovni o'rnini bosa oladigan yigitlar etarlicha.

- Terma jamoamiz bir necha bor Jahon chempionati saralashlarida muvaffaqiyatsizlikka uchrab kelmoqda. Yigitlarni qanday tayyorlayapsiz?
- Tarkibimizda yosh va tajribali futbolchilar bor. Bir qator futbolchilar yoshlar o'rtasidagi mundiallarda qatnashishgan. Barchasi etuk futbolchilar. Terma jamoaga kelgan futbolchida ruhiy tomonlama muammo bo'lmaydi.

- Siz termaga bosh murabbiy bo'lganingizda legionerlarga alohida etibor qaratishingizni malum qilgandingiz. Bu borada ish olib borildimi?

- Albatta, sizlarni ishontirib ayta olamanki barcha futbolchilar bilan aloqaga chiqdik. Ularga o'z maqsadimizni tushuntirdik. Barcha yigitlar o'yinga tayyorlar. Aleksandr Geynrixning klubidagi o'yinlarini kuzatib bordik, shu bois ham uni terma jamoaga chaqirdik. Xorijda o'ynayotgan legionerlarning barchasi haqidagi malumotlar ertasi kuni meni stolim ustida turadi. Yigitlarni kuzatib bordik.


Narzulla Saydullaev 

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика