Samvel Babayan olimpiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi

Tolibjon Qosimov
27 noya 2015, 12:50
O'zbekiston olimpiya terma jamoasining yangi murabbiylar shtabi tasdiqlandi.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Qatarda bo'lib o'tadigan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatida yuqori saviyada ishtirok etishini taminlash, 2016 yilgi Olimpiya o'yinlarining futbol musobaqasiga yo'llanmani qo'lga kiritish yo'lidagi tayyorgarliklarni yanada kuchaytirish maqsadida O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti qaroriga asosan olimpiya terma jamoasining yangi murabbiylar shtabi tasdiqlandi.

Shtab quyidagicha ko'rinish oldi:

Bosh murabbiy: Samvel Babayan

Katta murabbiy: Viktor Jalilov

Murabbiy: Ravshan Haydarov

Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy: Andrey Shipilov

Darvozabonlar murabbiyi: Anvar Rashidov

Ilmiy uslubiy guruh: Gregoriy Kolosovskiy, Farhod Abduqodirov

Shifokor: Umid Bahromov

Mamur: Vitaliy Jalilov

Shu bilan birga yangi bosh murabbiy rahbarligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasining dekabr va yanvar oyidagi ish rejasi tasdiqlandi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasining oldiga Braziliyada bo'lib o'tadigan Olimpiya musobaqalariga yo'llanmani qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com