So’nggi yangiliklar

13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  3 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  6 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  0 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  4 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0

Samvel Babayan: "Navbahor" bu mavsum nafaqat Osiyo, balki dunyodagi mavqeini tiklab oldi" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Navbahor" bu mavsum nafaqat Osiyo, balki dunyodagi mavqeini tiklab oldi"

"Navbahor" hamda "Bunyodkor" o'rtasidagi Superliganing 24-tur o'yinidan (3:0) so'ng mezbonlar ustozi Samvel Babayan bahs haqida fikr bildirdi.

Samvel Babayan: "Muxlislarimizni tabriklayman. Judayam muhim bahsda g'alabaga erishdik. "Bunyodkor" etakchi emas, baribir chempionatimizning brend jamoalaridan biri hisoblanadi. "Navbahor" munosib o'yin ko'rsatdi. Bugun yigitlar nimaga qodirligini ko'rsatishdi, muxlislar hamo'yindan zavq olishdi deb o'ylayman.

Biz uchun o'ta muhim bo'lgan 4ta bahs qoldi. Bu ushbu yilning finali hisoblanadi. Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. Qolgan bahslarda ham muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz.

- OCHL va Superligadagi g'alabalar uchun minnatdorchilik bildiramiz. Ushbu oyning 24 sanasida "Olimpik" va 28 sanasida "Al Hilol"ga qarshi bahslar kutib turibdi. Bu bahslarda jamoadan 100%lik natijani kutish mumkinmi?

- Bizni "Al Hilol"ga qarshi "principial" uchrashuv kutib turibdi. Bu o'yin autsayder va etakchi o'rtasidagi uchrashuv bo'lmaydi. Ushbu mavsum oddiy o'yinlar bo'lgani yo'q. Qolganlari ham shunday. Har bir bahsda g'alabaga erishishni xohlaymiz.

- Nega Jasur Yaxshiboev mavsum yakunlanmasidan jamoani tark etdi?

- Uning sog'ligi bilan muammolar bor, sababi shu.

- Temurxo'ja Abduholiqovchi, u bugun maydonga tushmadi.

- Unda ham shunday. Futbolchining jarohati bor.

- Jamoaning kelasi mavsumdagi rejalari bu yilgisidan farq qiladi deyishyapti, bu haqiqatga to'g'ri keladimi?

- Bugun "Navbahor"ning zamonaviy tarixidagi barcha bor narsa viloyat hokimi tufayli. Oldimizdagi maqsadni u aniqlab beradi. "Navbahor" bu mavsum nafaqat Osiyo balki dunyodagi mavqeini tiklab oldi. Jamoamiz buyog'iga ham o'z oldiga katta maqsadlarni qo'yadi. Rahbarimizning maqsadlari aniq va tasdiqlangan. Bu gaplarga ishonmanglar.

- Jamoa ushbu mavsumdagi xatolardan kerakli xulosalar chiqardimi?

- Bu o'yinda hammasi xatolarga bog'liq. Kim kamroq xato qilsa, g'alaba o'shaniki. To'g'ri, biz ham xato qildik, mavsum davomida jarohatlar bo'ldi. Xulosalarga keladigan bo'lsak, har bir omadsiz o'yindan so'ng uni tahlil qilib, xatolarni takrorlamaslikka harakat qilamiz. Asosiysi - yigitlar masuliyatni his qilishmoqda.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика