Samvel Babayan: "Murabbiylar shtabidagilar menga yordam berishadi"
03 jan 2014 17:06
Yangiliklar

Samvel Babayan: "Murabbiylar shtabidagilar menga yordam berishadi"
Xabar berilganidek, kecha "Paxtakor" klubi akciyadorlari ishtirokida yig'ilish o'tkazilib, unda jamoa boshqaruv tizimida o'zgarish bo'lgani malum qilingandi.
Unga ko'ra, "Paxtakor" prezidenti Botir Rahimov akciyadorlar bilan kelishgan holda bosh murabbiy lavozimidan voz kechib, jamoa boshqaruv tizimi, klub va akademiyaning natijalari uchun asosiy javobgar shaxs sifatida Samvel Babayanni tasdiqladi. Demak, bundan buyon jamoalarning natijalariga Samvel Vyachaslavlovich masul bo'ladi. SHu kungacha vice-prezident sifatida ishlab kelayotgan Babayan "CA"ga qisqacha intervyu berdi.
- Samvel aka, o'zbek futboli uchun yangilik bo'lgan holat haqida malumot bersangiz.
- Bunday tizim Evropada ommalashgan. Yani klub menejeri klub akademiyasi, boshqaruv tizimi, asosiy jamoa natijalariga javobgar bo'ladi. Klubimiz akciyadorlarining yig'ilishida shunday qarorga kelindi. O'zingiz aytganingizdek, futbolimiz uchun bu yangilik bo'ldi. Bu o'zgarish o'zini qay darajada oqlashini vaqt ko'rsatadi.
- Mashg'ulotlarni kim o'tkazadi?
- Murabbiylar shtabidagilar bu borada menga yordam berishadi.
- O'yindan keyin o'tkaziladigan matbuot anjumanlarida kim ishtirok etadi?
- Buni o'ylab ko'ramiz, balki o'zim qatnasharman.
Kamoliddin Alimov suhbatlashdi

Fikrlar