So’nggi yangiliklar

19:05Суперлига. ОКМК – "Навбаҳор" 3:0 (матнли трансляция)  15 19:05Суперлига. "Бухоро" – "Нефтчи" 0:1 (матнли трансляция)  45 18:58Рюдигер "Челси"га қайтиши мумкин  2 18:31"Барселона" собиқ устози "Атланта" бош мураббийи этиб тайинланди  0 17:56"Навбаҳор" қарзларидан қутулди  9 17:44АПЛда ўтган ойнинг энг яхши футболчиси аниқ!  0 17:31АПЛда ўтган ойнинг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:44Роналду: "Менгача Португалия бирорта соврин ютмаганди, аммо ҳозир учта титул бор"  26 16:07Алан Ледесма: "Ўзбекистонга қарши кеч реакцияга киришдик"  4 15:40Ирландия U-17 бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши ўйингача яхшилашимиз керак бўлган камчиликлар бор"  6 15:23Парагвай U-17 бош мураббийи: "Ўзбекистон – режалаштирган вазифани жуда яхши бажарадиган жамоа"  4 15:10Аргентина терма жамоасининг бўлажак ўйин учун қайдномаси эълон қилинди  0 14:36Умар Абдулраҳмоннинг "Манчестер Сити"га трансфери нега амалга ошмаган?  5 14:15Тонали: "Ньюкасл"да 10 йил қолиб, кейин бир неча йилдан кейин кетаман дея олмайман"  0 13:50Беларусь, Озарбайжон ва Тошкент клублари "Шўртан" футболчисига даъвогар  8

Samvel Babayan: "Mumbay Siti" ertangi o'yin uchun katta tayyorgarlik ko'rdi" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Mumbay Siti" ertangi o'yin uchun katta tayyorgarlik ko'rdi"

OCHLning guruh bosqichi 6-turi doirasida "Mumbay Siti"ga qarshi uchrashuv oldidan "Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayan hamda futbolchi SHodiyor SHodiboev fikrlarini bildirdi.

Samvel Babayan: - Ertaga bizni guruhdagi so'nggi uchrashuv kutib turibdi. OCHL - biz uchun o'zgacha turnr va uning uchrashuvlari alohida ahamiyat kasb etadi. Istalgan jamoa bir uchrashuvda etarlicha darajada yaxshi o'ynashi mumkin.

"Navbahor" o'z vazifasini bajarish uchun harakat qiladi. Biroq "Mumbay Siti" ham tez rivoj topayotgan jamoa. Yaxshi murabbiylar shtabi ishlaydi, sifatli futbolchilari, legionerlari, terma jamoa azolari bor. Ertangi uchrashuvda bor kuchimiz bilan harakat qilib, kerakli natijani qo'lga kiritish uchun o'ynaymiz.

SHodiyor SHodiboev: - Kayfiyat yaxshi, ertaga kuchli o'yin bo'ladi. Guruh bosqichini yaxshi saviyada yakunlashga harakat qilamiz.

Samvel Babayan: - Ilk navbatda, bizning ikki futbolchimiz diskvalifikaciya qilingan. Ikkinchi turda "Mumbay Siti"ga qarshi o'yindan keyin bizda ishonch ortdi. O'shanda raqib sifatli futbol namoyish qilgandi. O'tgan turlar davomida ushbu jamoaning o'yini menga yoqdi. Jamoada futbol falsafasi, sifat bor. Ertangi uchrashuv oldidan jamoada ruhiy bosim yo'q. 

Saudiya Arabistonida yuqori namlikda, juda issiq havoda o'ynagandik. SHu sababli hozirgi havoga ham moslashish kerak. 

Umuman olganda "Mumbay Siti"ning o'ziga hos ustunliklari bor. Birinchidan shuni aytishim kerakki, jamoaning legionerlari OCHLning o'tgan turida dam olishdi. Ular ruhan ushbu uchrashuvga tayyorlanishdi va natija uchun harakat qilishadi. Bizga keladigan bo'lsak, jamoamiz guruh bosqichidan chiqishi kerak, shu sababli yigitlar o'yinga boshqacha yo'nalishda tayyorlanishgan va ular o'yinning qanchalik muhimligini tushunib turishibdi. O'yin barcha tomondan qiziq bo'ladi. Har qanaqa nyuanslarni chetga surib, chiroyli futbol namoyish qilishga harakat qilamiz. 

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика