Samvel Babayan: "Mavsumning eng muhim o'yinida g'alaba qozondik"
21 okt 2014 19:12
Yangiliklar


Samvel Babayan: "Mavsumning eng muhim o'yinida g'alaba qozondik"
"Bugun mavsumdagi eng muhim o'yin bo'lib o'tdi. Turnir jadvalida kelib chiqib, chempionlik bahsi bo'ldi. CHempionlik uchun dadil qadam tashladik. Ushbu g'alabadan juda xarsandmiz. Qolgan o'yinlarda ham o'z muxlislarimizni quvontirishga harakat qilamiz.
"Lokomotiv"ga qarshi o'yinda durang ham qoniqtirardi. Ammo biz maydonga g'alaba uchun tushgandik va o'z rejamizni muvaffaqiyatli amalga oshirdik. Biz hali rasman chempion bo'lmadik. Qachonki bu masalani rasman hal etsak, o'shanda buni nishonlaymiz.
Men o'z futbolchilarim bilan ishlashimdan faxrlaman va zavq olaman. Har qanday murabbiy bunaqangi yuqori darajadagi futbolchilar bilan ishlashni istashi aniq", - deb gap boshladi Babayan.
- BAAlik hakamlar bugun qanday ishlashdi? Umuman chetdan hakam olib kelish kimning g'oyasi edi?
- Men hakamlar ishiga aralashmayman. Bu haqda malumotga ega emasman.
- Qaysi "Lokomotiv" kuchliroq edi. Hakim Fuzaylovning jamoasimi yaxshiroqmidi yoki Vadim Abramovnikimi?
- Men bu haqida bir narsa deya olmayman. Yaxshisi klub rahbarlarining o'zlari baho berishsin. Fursatdan foydalanib OAV orqali o'z muxlislarimizni tabriklab qolaman. Barchaga rahmat aytmoqchiman.
SHahboz Beg'amov yozib oldi

Fikrlar