So’nggi yangiliklar

16:35Миржалол Қосимов: "Жон сақлаш учун курашгандан кўра ўйнамаган яхши"  0 16:17Ўзбекистонлик ҳакамлар Осиё Кубоги ўйинида ишлайди  0 15:50Саудия Арабистони гранди Брунуга йирик битим таклиф этмоқда  1 15:22"Арсенал" Англия терма жамоаси ҳимоячиси учун курашга қўшилди  0 14:56Карпенко "Бухоро"дан кетди  1 14:30Суперлиганинг 2025 йилдаги энг яхши мураббийи Қозоғистонда ишлайди  4 14:09​Расман: "Манчестер Сити" Семеньони сотиб олди  1 13:48Токотаев "Локомотив"да тиббий кўрикдан ўтолмади  9 13:25"Манчестер Юнайтед" янги мураббий бўйича қарорни кечиктирди  4 12:57"Фенербахче" Гендузини сотиб олди  0 12:30Кемалар шайланмоқда. Қайиқлар-чи?  1 12:00Бугунги ўйинлар: “Боруссия Д” сафарда, футзалда қизиқарли баҳслар ва бошқалар  0 11:38"Милан" Меньянга клуб тарихидаги энг юқори маошни таклиф қилди  4 11:10Ўтган мавсум "Нефтчи" билан чемпион бўлган футболчи фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  1 10:47Пўлатхўжа Холдорхонов: “Худо хоҳласа, “Андижон”га ҳам чемпионликни ният қилиб келдим”  6

Samvel Babayan: "Maqsadimiz chempion bo'lish" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Maqsadimiz chempion bo'lish"

"Qizilqum" - "Paxtakor" (1:4) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh menejeri Samvel Babayan qatnashdi.
"Qiziqarli o'yin bo'ldi, menimcha u muxlislarga yoqdi. Ushbu raqibga qarshi juda jiddiy tarzda tayyorlangandik. Bahs boshida o'tkazib yuborgan goldan so'ng o'zimizga kela oldik. Yigitlarga xarakter namoyish etishgani uchun rahmat. Himoyada ham hujumda ham yaxshi o'ynay oldik.

Maqsadimiz chempion bo'lish. Agar barcha o'yinda yutsak bunga erisha olamiz. CHempionlik uchun to'rtta jamoa kurashmoqda hech birini hisobda chiqarmagan bo'lardim.

Zaxira o'rindig'imiz ancha uzun. Zaxiramizda bir qator yoshlar bor. SHu bois mavsum oxriga qadar bu qiyinchilik tug'dirmaydi deb o'ylayman.

Bunga qadar bo'lgan o'yinlarda ko'pinchi bitta to'p farq bilan yutayotgandik. Bugun esa yirik hisobda yutdik. Bu mashg'ulotlarda qilingan mehnat samarasidir

Ijaradagi barcha o'yinchilarni kuzatib boramiz, agar o'zimizda kamchilik sezsak ularni qaytaramiz. Masalan, Toxir SHamsiddinovni davralar oralig'ida ortga qaytarish haqida ham o'ylagandik, yakunda uni "Navbahor"da qoldirdik.

SHu o'rinda navoiylik muxlislarga qoyil qoldim. Ular "Qizilqum"ning g'alabalarini ko'rishga munosiblar, ushbu jamoaga keyingi o'yinlarda omad tilayman, - deydi Samvel Babayan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика