So’nggi yangiliklar

18:20Агуэро: "Ўзимни мураббий сифатида тасаввур қилолмайман"  0 18:16Суперлига. "Андижон" - "Пахтакор". Таркиблар маълум  1 17:48"Тоттенхэм" ярим ҳимоячиси 2026 йилгача майдонга тушмайди  0 17:25"Нефтчи" "Машъал"га ҳеч қандай имкон қолдирмаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 17:06"Реал" бош мураббийи икки ҳимоячига ишонмаяпти  4 16:43"Бобур Арена" "Андижон" – "Пахтакор" учрашувига тайёр!  7 16:11Чемпионлар Лигасига қачон қуръа ташланади?  7 15:56АПЛ клубининг энг ёш эгаси 30 ёшдан кичик. Бу ким?  1 15:18"Манчестер Сити" Ҳусановнинг рақобатчиси билан шартномани узайтирди  3 14:56АПЛ клублари ойна ёпилишидан олдин трансфер рекордини янгилаб бўлди  0 14:30"Истиқлол" стадиони сухандони провокацион эълонлар берди, "Динамо" стадиони техник ҳудудига бегона шахслар кирди, Владимир Бубанья микст-зона масаласида комиссарга эътироз билдирди — Лига комиссарлари билдиргиси  10 13:58"Ливерпуль" тарихидаги энг қиммат ҳимоячилардан бири сафдан чиқди  3 13:32Суперкомпьютер Бундеслига фаворитларини аниқлади. "Бавария" билан қайси жамоа рақобатлашади?  1 13:03АПЛнинг энг қиммат ёш футболчилари маълум. "Челси", "Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" топда  2 12:36Ямалдан яна бир натижа: у собиқ жамоадошининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0

Samvel Babayan "Lokomotiv"da ish boshladi Yangiliklar

Samvel Babayan "Lokomotiv"da ish boshladi

O'zbek futbolining taniqli va tajribali mutaxassislaridan biri Samvel Babayan "Lokomotiv" futbol klubida faoliyat olib boradi.

Samvel Vyacheslavovich "Lokomotiv" professional futbol klubi prezident maslahatchisi etib tayinlandi.

Futbol muxlislariga yaxshi malum, Samvel Babayan asosan "Paxtakor" futbol klubidagi bir necha yillik faoliyati orqali keng jamoatchilikka tanilgan. Uning katta tajribasi hamda o'zbek futbolidagi samarali mehnatini inobatga olib "Lokomotiv" PFK rahbariyati ishga taklif etdi.

Samvel Babayan "Paxtakor"dagi faoliyati davomida ko'plab yutuqlarni qo'lga kiritgan. U rahbarlik qilgan yillari "Paxtakor" 9 bor mamlakat milliy chempionati hamda 8 marta O'zbekiston Kubogi g'olibi deb topilgan. Bundan tashqari "Paxtakor"ning ikki bor (2002/2003, 2004) Osiyo chempionlar ligasi yarim finaliga qadar etib borishida, 2002 yil mavsum kunlariga ko'ra "Osiyoning eng yaxshi futbol klubi" deb topilishida, shuningdek MDH Kubogining 2007 yilgi musobaqasida chempion bo'lishi hamda keyingi yil finalga qadar etib borishida qo'shgan hissasi katta. 

Bundan tashqari Samvel Babayan O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ham samarali mehnat qilgan hamda uning qo'l ostida 42 nafar futbolchi mamlakat bosh jamoasida o'z debyutini nishonlagan. SHuningdek, Samvel Vyacheslavovich turli yillarda O'zbekistonning olimpiya, yoshlar va o'smirlar terma jamoalariga "Paxtakor" menejeri sifatida 200ga yaqin futbolchilarni tarbiyalab bergan. Yana shuni takidlash joiz, Samvel Babayan o'zbek futboliga qo'shgan ulkan hissasi tufayli ikki bor O'zbekistonning "Eng yaxshi murabbiyi" deb topilgan.

O'ylaymizki, shunday mutaxassisning katta tajribasi endilikda "Lokomotiv" futbol klubining ham yangi bosqichga chiqishida qo'l keladi. Samvel Babayan oldiga "Lokomotiv" PFK prezidenti Radjapov Mansur Kuchkarovich tomonidan quyidagi asosiy vazifalar belgilab qo'yildi:

1. Klub infratuzilmasini ko'tarish hamda yangi bosqichga olib chiqish;

2. "Lokomotiv" bolalar va o'smirlar futbol maktabini rivojlantirish va zamonaviy faoliyat yuritishini yo'lga qo'yish;

3. Klub material-texnik bazasini yanada shakllantirish hamda buning uchun kerakli barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

"Lokomotiv" futbol klubi uchun Samvel Babayandek etuk futbol mutaxassisini o'zaro hamkorlik asosida ish yuritishga taklif etish katta sharaf hisoblanadi hamda u kishining keyingi faoliyatiga omad tilab qolamiz.

"Lokomotiv" PFK matbuot xizmati.


Reyting: -638   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика