Samvel Babayan: "Kubokdagi yurishimiz davom etishidan xursandman"
25 may 2014 21:21
Yangiliklar
Samvel Babayan: "Kubokdagi yurishimiz davom etishidan xursandman"
"Paxtakor" - "Qo'qon-1912" (4:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumaning ikkinchi qismida mezbon jamoa bosh menejeri Samvel Babayan ishtirok etdi.
"Bugungi o'yinda jamoalar o'rtasidagi farq bilindi. SHukurki yigitlarimiz imkoniyatlardan foydalanib gollar urib g'alaba qozonishdi", - deb gap boshladi Babayan.
"Qo'qon" jamoasi yaxshi taassurot qoldirdi. Futbolchilar qo'rqmasdan o'ynashdi. Bu murabiy ko'rsatmasi bo'lsa kerak.
"Jamshid Boltaboev uchun bugun debyut bo'ldi. Uni harakatlari chakki emas. U o'zini ko'rsatishda davom etsa asosiy tarkibga qo'shilishi mumkin".
"Jahonda quyi liga vakili favoritni mag'lub etish holatlari ko'p bor uchraganini yigitlarga tushuntirdim. Ular raqibga hurmat bilan munosabatda bo'lishdi va g'alaba qozonishdi".
"Nasaf" kuchli jamoa, ularga qarshi o'yinga imkon qadar yaxshi formada etib borishga intilamiz. Terma jamoaga chaqiruv olgan futbolchilar bilan muammo bo'lmaydi deb o'ylayman. Terma murabbiylari barcha futbolchilarga ikki o'yinda teng yuklama berishadi deb o'ylayman".

Fikrlar