So’nggi yangiliklar

01:00Ла Лига. "Барселона" "Сельта" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  10 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  22 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  7 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  2 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  4

Samvel Babayan: “Klubimizdagi o'zgarishlarning o'zbek futboliga foydasiga tegishiga ishonaman” Yangiliklar

Samvel Babayan: “Klubimizdagi o'zgarishlarning o'zbek futboliga foydasiga tegishiga ishonaman”

Yangi yilning ilk kunlarida “Paxtakor”da yuzaga kelgan o'zgarishlar ko'pchilikning etiborini tortdi.
Bu haqida turli fikrlar bildirildi. SHanba kuni “Paxtakor” stadionida “Paxtakor” futbol klubi menejeri “Futbol Ekspress” va “Interfutbol” gazetalari, shuningdek, “shampionat.asia” sayti vakillari bilan uchrashib, savollarga javob qaytardi va turli holatlar yuzasidan o'z fikrlarini bilirib o'tdi.

- “Paxtakor” boshqaruvida katta o'zgarishlar ro'y bergani to'g'risida to'xtalib o'tsangiz. O'zbekistonda bu hali kuzatilmagandi.
- Klub akciyadorlari yig'ilishida klub faoliyatini yaxshilash uchun boshqaruv tizimini o'zgartirishga qaror qilishdi. Unda bosh murabbiy lavozimini bekor qilindi. Bu yog'iga uning faoliyati bilan ham menejer shug'ullanadi. Menejerning ishi nimalardan iborat? Bu asosiy jamoaning o'quv-mashg'ulot yig'inlari o'tkazish, tashkilotchilik ishlarini bajarish, bosh jamoa faoliyatini yo'lga qo'yish, ichki va xalqaro musobaqalardagi ishtirokini taminlash va natijalarga javobgar bo'lish, akademiya hamda selekciya ishlarini tashkil etish va nazorat qilish, yoshlar va birinchi liga jamoalarining o'quv-mashg'ulotlarini tashkil etib, kuzatib borish degani. To'g'risi, ushbu ishlar men uchun yangilik emas. CHunki bir necha yil davomida dam olishsiz shunday masalalarni hal etish bilan shug'ullanganman. Bosh murabbiy lavozimining bekor qilinishiga keladigan bo'lsak, akademiya tizimida voyaga etgan hozirgi futbolchilar avlodi bilan yanada sifatli ish olib borish kerak. O'tgan yillarda jamoaning mavsumiy va qisqa rejalari tuzilishida bevosita ishtirok etganman. Lekin avvalroq klub boshqaruvi va bosh murabbiylik lavozimlarini birga olib bora olmasdim. Bu men tarafdan to'g'ri qaror bo'lmasdi. CHunki klub faoliyatini davom ettirish uchun mablag' topish bilan ham band bo'lgandim. Tabiiyki, bosh murabbiylik vazifasini to'lig'icha bajarmasdim. Lekin eng muhim qarorlar qabul qilishda baribir ishtirok etardim. Endi esa barchasi o'z nomi bilan atalmoqda. O'zim menejerlik borasida Angliyadagi tajribalarni o'rganib chiqdim. Bu yog'iga jamoaning yanada yaxshiroq o'ynashi va klub falsafasi bo'yicha ishlarni faolroq olib boramiz.

2014 yil klubda homiy bo'ladi va material-texnik bazamizni yaxshilaymiz. CHalg'imasdan futbol maydonidagi faoliyat bilan mashg'ul bo'laman.

- Ushbu qarorni qabul qilish fikri kimdan chiqdi?
- Klubimizning bosh akciyadori va Prezidenti Botir Rahimov ko'p marta menga barchasini qo'lga olishim haqida takidlagandi. Biroq buni qabul qilmadim, chunki o'shanda murabbiylik kasbiga nisbatan men tarafdan to'g'ri munosabat bo'lmasdi. Mashg'ulotlarda hamisha qatnasha olmasdim. Bugun esa akciyadorlarimiz va rahbarlarimizning kafolati natijasida bemalol murabbiylik faoliyati bilan ham shug'ullanish imkoniyatiga egaman. Mablag' tarafdan klub yuqori darajada taminlanadi. Klub bilan bog'liq turli ishlarni bosh direktor, uning yordamchisi, jamoa boshlig'i va sport direktori hal etishda katta yordam berishadi. SHu bilan birga vice-prezident sifatida ishlashni mendan olib tashlashgani yo'q. Lekin uni bajarishda ko'proq hamkasblarimga ishonaman. Asosiy tarkib, yoshlar, birinchi liga, akademiya va selekciya faoliyati bilan ko'proq mashg'ul bo'laman.

- Endi natijalar uchun ham asosiy javobgar hisoblanasiz. Barcha sizning murabbiy sifatidagi faoliyatingiz qanday bo'lishini kuzatadi. Ushbu holat katta masuliyat yuklaydimi?
- SHu savolni o'zimga berib ko'rdim. Aytishim kerakki, masuliyatni bo'ynimga olishdan qo'rqmayman. CHunki bu hamisha bo'lgan, boshqa murabbiylar ishlagan davrda ham qoniqarsiz natijalar uchun javobgarlikni o'zimga olganman. Tanqidlar ham ko'proq men tomonga aytilardi. SHu ish va “Paxtakor” bilan yashayman. Ajoyib murabbiylar shtabi va futbolchilar bilan birga bundan qo'rqmayman. Qarorlar qabul qilishda avval ham bevosita ishtirok etardim. Masalan, Temur Jo'raevning o'z vaqtida penaltilar seriyasida o'ynashi haqida fikr mendan chiqqandi. O'zim ishlagan jamoalar 3 marta penaltilar seriyasida mag'lubiyatga uchragan. SHundan keyin qandaydir o'zgarish qilish lozimligini tushunib etdim. Natijada MDH CHempionlari Kubogi chorak final va finalda Jo'raev Nesterovning o'rniga maydonga tushirilgandi. O'shanda Temur har ikki uchrashuv qahramoniga aylangan. Demoqchimanki, qarorlar qabul qilishda bazan tavakkalchilik ham qila olaman. Bazida yoshlarni asosiy tarkibda tushirish haqida murabbiylar bilan maslahatlashardim.

- Murabbiylar shtabida kimlar faoliyat yuritadi? Mashg'ulotlarni kim o'tkazadi?
- Mavsumga tayyorgarlik rejasini murabbiylar shtabi bilan birgalikda tuzib chiqdik. Ko'p marta sara mutaxassislar qo'l ostida amaliyotda bo'lib, ko'p narsalarni o'rganganman. Mashg'ulot jarayoni va uslubiy tarafdan jamoamizda zamonaviy ishlash yo'lga qo'yilgan. Bu borada jahonning etakchi murabbiylar bilan uchrashib, ular bilan maslahatlashganman. Bu ishlar “Manchester Yunayted”da qanday tashkil etilishi haqida bilimga ega bo'lganman. Tayyorgarlik rejasiga men javob beraman. Asosiy tarkib murabbiylar shtabida jismoniy tayyorgarlik bo'yicha Andrey SHipilov, Grigoriy Kolosovskiy va No'mon Hasanov faoliyat yuritadi. Hasanov avval jamoada o'ynagan va u ananalarning saqlanib qolishi borasida ajoyib nomzod. SHuningdek, darvozabonlar bilan Anvar Rashidov ishlaydi. Jamoa boshlig'i Viktor Jalilov ham bor. Yaqin kunlarda xorijlik mutaxassis shtabda ish boshlaydi. U “Paxtakor”da faoliyat yuritgan. O'z ishi orqali ijobiy taassurot qoldirgan.

Ilhom Mo'minjonov va Vladimir Andreev yoshlar jamoasida, Dilshod Nuraliev va Jasur Abduraimov esa birinchi ligadagi jamoada faoliyat olib boradi. Nuraliev akademiya direktori lavozimida ham ishlashi rejamizdan o'rin olgan. Unga Valeriy Borodavkin yordam beradi.

- 1993 va 1996 yillarda tavallud topgan akademiya tarbiyalanuvchilari xorijdagi xalqaro turnirlarda ko'proq ishtirok etishgandi. SHu sababli ular orasida ko'plab yaxshi futbolchilar etishib chiqdi. Oxirgi yillarda akademiya jamoalari shunday turnirlarda ishtirok etishmadi. Moliyaviy holat yaxshilangach, bu borada ham o'zgarishlar bo'ladimi?
- Biz asosiy etiborni yoshlarni tarbiyalashga qaratamiz. SHu sababli tarbiyalanuvchilarimizni xalqaro turnirlarga yuborishga harakat qilamiz. Bu yil esa moliyaviy holatimiz bunga imkoniyat beradi. “Koppa Karnevale”da fevral oyida jamoamiz ishtirok etadi. O'tgan yili terma jamoalarga ko'p futbolchilar chaqirilgani tufayli unga bora olmagandik. Bu safar 4 nafar 1994 yilda tug'ilgan va undan kichik yoshdagi futbolchilar Italiyaga borishadi. Ular orasida 1996 va 1997 yilda tavallud topgan o'yinchilar ham bor.

- “Paxtakor-79” xotira turniriga xorijdan jamoalar taklif etish rejadan o'rin olganmi?

- 2004 yil MDH CHempionlari Kubogiga o'xshash turnir o'tkazgandik. Moliyaviy imkoniyat etarli bo'lgan taqdirda nafaqat yon qo'shnilar, balki uzoq xorijdan ham klublarni o'zimizning musobaqaga taklif etishimiz mumkin.

- Viloyatlarda “Paxtakor”ning nufuzini oshirish uchun qandaydir ishlar amalga oshiriladimi? Oxirgi yillarda viloyatlarda jamoaga nisbatan salbiy fikrlar avj olgandek.
- Bu qiyin deb o'ylayman. CHunki Qashqadaryoda butun viloyat “Nasaf”ga muxlislik qiladi. Biz esa Toshkent shahri jamoasimiz. Sobiq Ittifoq davrida butun mamlakat “Paxtakor”ga oliy ligada respublika sharafini himoya qilgani sababli muxlislik qilgan. Qolaversa, bizning katta tariximiz bor. 3-4 nafar muxlisning internetda o'tirib olib, yozadigan fikrlariga etibor bermaymiz. Bizda undan muhimroq ishlar bor, klub faoliyati bilan mashg'ul bo'lishimiz kerak. Qaysidir tarafdan klub amalga oshirayotgan ishlar ko'lamini matbuot xizmati to'liq yoritib bera olmayotgandi. Endi matbuot xizmatiga Nodir Abduqodirovni taklif etdik, bo'lim ishini qaytadan tashkil etyapmiz. Endilikda biz qilayotgan ishlar ko'lami etarlicha yoritib boriladi. Bu jamoa muxlislariga biz haqimizda ko'proq malumotga ega bo'lishga yordam beradi. Lekin viloyatlarda nufuzni oshirish masalasini ko'rib chiqmayapmiz. CHunki ular o'z viloyati jamoalariga ishqibozlik qilishadi. Farg'onalik muxlis “Neftchi” uchun jon kuydiradi, buni to'g'ri tushunish kerak. Biz esa o'z muxlislarimiz orasida jamoa nufuzini tiklashga urinamiz.

- Jamoa qanday o'yin namoyish qiladi? Sizni qaysi mutaxassislarning ishi o'ziga jalb qiladi?
- Qaysidir jamoa uslubini ko'chirib qo'yish foyda keltirmaydi. Hozir ko'pchilik “Barselona”ning to'pni nazorat qilishga asoslangan uslubini ko'chirib qo'ymoqda. Biroq Xavi, Inesta va Messi kabi futbolchilar faqat bu jamoada bor xolos. Gvardiolaning falsafasi maqul keladi. U “Bavariya”da to'pni ushlab turish bilan birga tez hujumga o'tish va vertikal yo'nalish orqali harakatlanishni yaxshi holatga keltirdi. Mourinoning “CHelsi”da olib borayotgan ishi ham etiborni tortadi. Qarshi hujumda o'ynash harakatlari juda ajoyib. Biz etakchi klublardan andoza olib, o'z uslubimizni yaratamiz. SHunday o'ynashimiz lozimki, hamma himoyada va hujumda harakat qilishi zarur. Oxigi 2 yilda yosh futbolchilar ko'rsatgan o'yinni yanada yuqori saviyaga olib chiqishimiz kerak. Hujumkor futbol namoyish etishga harakat qilamiz. CHunki bizdan shuni kutishadi. Eng muhimi, 3 narsa bo'lishi shart: futbolchilarning saviyalarini o'stirib borishi, ijobiy natijalarni qo'lga kiritish va ishqibozlarimizga biz ko'rsatadigan futbol maqul kelib, bundan zavq olishi.

- Klubni moliyalash masalasi hal etilganmi?
- Bu holat yuzasidan futbolimiz rahbarlari bizga ijobiy javob berishdi. Barchasi haqida batafsil keyinroq o'zimiz xabar beramiz.

- Jamoaga yangi o'yinchilar taklif qilinadimi?
- Biz yoshlarga etibor qaratish va ularga imkoniyat berishni o'z vazifamizga aylantirganmiz. Bundan voz kechmaymiz. Jamoaning asosiy o'zagi saqlanib qolindi. Kaxi Maxaradze jamoamizda qoladi, Kamoliddin Tojiev va Egor Krimec bizga qaytishdi. Boyan Miladinovich bilan bog'liq holatni birga-bir o'tirib, hal etib olamiz. Tarkibdagi oxirgi ketish Oybek Qilichevning BAAga yo'l olishi bo'ldi. Albatta, bazi futbolchilarni ijaraga beramiz. Ular professional tarzda o'sishi uchun shunday imkoniyat taqdim etamiz.

- O'tgan yil yakunlariga kelsak, jamoada qarzlar qolmadimi?
- Maoshlar berish masalasida aytishim kerak, bizda kechikishlar bo'lishi mumkin, lekin hech qachon kimningdir haqi qolib ketmaydi. PFLga jamoadan pul ololmayotgani to'g'risida bazida moliyaviy holati yuqori jamoalar futbolchilari kelib turishadi. Buni eshitgansiz. Lekin “Paxtakor”dan biror o'yinchi bu masalada murojaat qilmagan. CHunki biz har bir futbolchi yoki xodimga pullarini to'lab beramiz.

- Sport natijalari bo'yicha 2013 yilni qanday baholaysiz?
- Bir narsani bemalol aytaman, o'tgan yil achinarli bo'lmadi. CHunki 2012 yil chempion bo'lgan paytimizga qaraganda ham kuchliroq bo'ldik. Faqat asosiy tarkibda o'ynayotgan yoshlar terma jamoasi azolarining yo'qligi 1,5 oy ixtiyorimizda bo'lmagani qimmatga tushdi. Bizning chempion bo'lishimizga 6 ochko etishmadi. Oxirgi turda Namanganda ochko yo'qotganimizni hisobga qo'shmayapman, chunki o'sha o'yinda biz etarlicha ishtiyoq bilan harakat qilmadik. Birinchi davra “Olmaliq”, “Bunyodkor” va “Buxoro”ga qarshi bellashuvlarda bizda 9 ochkoni qo'lga kiritish imkoniyati bor edi. O'shanda 6 ochko olganimizda ham 2013 yil yana chempion bo'lardik. O'sha o'yinlarda Rogovanov va Sohibov kabi juda yosh futbolchilar maydonga tushishdi. Ikkinchi davrani esa juda yaxshi o'tkazdik. “Bunyodkor”, “Lokomotiv” va “Neftchi” bilan kechgan uchrashuvlarni eslash kifoya. Endi PFL yoshlar yoki olimpiya terma jamoasiga ko'p nomzodlar etishtirib bergan va o'sha futbolchilar klub asosiy tarkibida o'ynayotgan bo'lsa, uchrashuvni qoldirish borasida PFL bilan tushunishga egamiz. O'ylaymanki, o'tgan mavsumda bizning holatimizni ko'rganlar hovlimizga tosh otishmadi. CHunki ular qanchalik qiyin ekanligini his qilib turishgandi.

Bundan tashqari, chempionatdagi asosiy raqiblarimiz bizdan moliyaviy imkoniyat bo'yicha bir necha baravar ortda edik. Lekin ulardan shunchalik farq bilan orqada qolmadik. Asosiy etiborni akademiyaga qaratdik va hozir 8 nafar tarbiyalanuvchi asosiy tarkibda o'ynayapti. Skolari kelgan davrda “Bunyodkor”dan mablag' borasida 10 baravar ortda qolgandik. SHunga qaramay, to'g'ri yo'nalish tanlagan holda ishlashda davom etdik.

- Hozirgi paytda oliy liga o'yinlariga muxlislar tashrifi ancha kamayib ketdi. Buning sababi nimada va unga barham berish uchun nima qilish zarur?

- Menimcha, klublar muxlislarni sifatliroq futbol bilan stadionga jalb qilishlari kerak, ularning etiborini tortish lozim. Yoki stadionlarda turli o'yinlarni tashkil qilish darkor. Masalan, biz yangi mavsumda ishqibozlar o'rtasida lotoreya tashkil etmoqchimiz. Bu borada jamoa huquqshunosi va marketing bo'limi bilan ish olib boryapmiz. Lekin viloyatlarga borganimizda “Paxtakor”ga qarshi o'yinlarda stadionlar to'layotganini ko'ryapmiz. O'zimizdagi uchrashuvlarda esa muammo bor. Hokimiyat va stadion bilan birgalikda buning choralarini ishlab chiqyapmiz. Bu holat ustida ish olib boryapmiz. Boshqa klublar ham buni hal qilishlari kerak. Koncert yoki shou, sifatli futbol bilan buni hal etish mumkin.

- Muxlislar uchun yanada ko'proq oziq-ovqat va ichimliklar savdosini tashkil qilish mumkinmi? Bu ularga qulaylik tug'dirgan bo'lardi.
- To'g'ri, fikringizga qo'shilaman. Bu borada “Paxtakor” stadioni mamuriyati ish olib boradi. CHunki shunday mahsulotlar sotuvidan tushgan mablag' stadion hisobiga tushadi. Bu masala yuzasidan shahar hokimiyati bilan stadion rahbariyati o'rtasida uchrashuv o'tkazilgan. Siz takidlagan holatlarga bu yil batafsil etibor beriladi.

- Klub rejasiga ko'ra, stadion hududida suniy maydonlar qurilishi mo'ljallangandi. Biroq o'sha hududda hozir boshqa tashkilot binosi qurilmoqda. Bu masala qanday hal etiladi?
- Infratuzilmani yaxshilash kerakligini yaxshi tushunib turibman. Bu holat borasida boshqa klublardan ortdamiz. SHu yil mablag' borasida muammo bo'lmasa, infratuzilmani yaxshilash ustida ish olib boramiz. “Paxtakor” va “CHilonzor” stadionlari hududida bittadan suniy maydon, Qibraydagi bazada tiklanish markazi, trenajyor zali, manej barpo etishimiz lozim. Bu bizga juda kerak.

- Murod Ismoilovning “Neftchi”ga o'tishi haqida qanday malumot berasiz?
- Bir narsani alohida aytaman: nafaqat futbolchilar, balki murabbiylarimizga ham talab borligi meni juda quvontiradi. Klubimizda ishlagan, o'sishga erishgan va o'zini ko'rsatgan bir qator mutaxassislar bor. Nuraliev, Evstafeev va Ismoilovni ular qatoriga kiritaman. Ismoilov farg'onalik bo'lgani sababli “Neftchi”da ishlashni xohladi. SHu sababli unga ruxsat berdik. U juda malakali mutaxassis. O'zbek futboliga yana bir yaxshi murabbiy tarbiyalab berganimizdan quvonamiz. Umid qilamanki, ajoyib ananalarga ega bo'lgan Farg'ona jamoasi yana o'zini tiklab oladi. Ismoilov “Neftchi” bilan o'zini ko'rsatib, ko'p narsalarga qodir ekanligini isbotlashni juda xohlardim.

- Murabbiyning klubda tutgan o'rni qanday bo'lishi kerak deb o'ylaysiz?
- O'ylashimcha, murabbiyning klubdagi o'rni juda kuchli, sezilarli bo'lmasligi lozim. U xuddi katta mashinaning kichik mexanizmi singari bo'lishi kerak. Kuchli klublarda odatda shunday bo'ladi. Murabbiy ham yollanma ishchi va u ketgach, barchasi pastga qarab sho'ng'ishi kerak emas. Klubning o'z falsafasi bo'lishi shart va murabbiy o'sha falsafaning bir qismi bo'lishi lozim. Klub keskin o'zgarib ketmasligi zarur. Hozir “Rubin”da yuz bergan vaziyatni oling. Qurbon Berdiev ishdan ketgach, Tatariston rahbari klubdagi holatdan hayron qoldi. 12 yil ichida katta miqdorda pul sarflandi, biroq tarbiyalanuvchilar deyarli yo'q. Qimmat futbolchilarni chaqirib, natija uchun futbol o'ynash to'g'ri emas. Klubda barqarorlik uchun falsafa bo'lishi kerak. Aytaylik, bizda bir viloyat jamoasi bor. O'z vaqtida juda kuchli bo'lgan. Biroq falsafa yo'qligi sababli o'ta achinarli ahvolga tushib qolgan. Mahalliy futbolchilar bu klubdan ketishni istashadi. U erga har qanday murabbiyni olib kelmang, ikki yilda ham biror natijaga erisha olmaydi.

- “Paxtakor”dagi o'zgarish qanday tasir ko'rsatadi?
- “Paxtakor”ning natijalari qanday bo'lishini faqat Yaratgan biladi, biroq biz boshlab bergan holat o'zbek futboliga tasir qiladi, albatta foydali. Bizda murabbiylar va hakamlari maktabi bor, biroq menejerlar maktabi yo'q. Klub rahbarlarining asosiy ishi faqat pulni taqsimlash bo'lib qolgan. Men ushbu lavozimgacha futbol klubida uzoq yo'lni bosib o'tganman. Faoliyatimni oddiygina mamurlikdan boshlaganman. SHu sababli buning qanday ekanligini juda yaxshi bilaman. Turli murabbiylar bilan yonma-yon yurib, licenziyalar olish uchun tahsil oldim. Bir paytlar Rossiyaga borib, “Spartak” Moskva futbolchilar bilan tuzadigan shartnomalarni olib kelib, o'zimizga zarur taraflarini tatbiq qilishga o'tgandik. “Bunyodkor” tashkil topgan paytda ular bu borada bizdan maslahat so'rashgan. Yoki matbuot xizmati, akademiya va fan klub singari bo'limlarni doimiy ishlaydigan tarzda birinchi bo'lib ochganmiz. 2002 yil klubda ish boshlagan davrimda jamoa sharafini musobaqalarda Gennadiy Krasnickiy nomli futbol maktabidan ijaraga olingan yosh futbolchilar himoya qilishardi. Hozir o'zbek klublari orasida “Mashal”ni juda hurmat qilaman. Bu klubda akademiya va o'ziga yarasha tarixi bor. Klub o'z yo'nalishiga ega. Yaqindagina bu jamoa bilan nazorat o'yinida to'qnash keldik. Bundan xursand bo'ldim. CHunki akademiyada tahsil olgan tarbiyalanuvchilar jamoa safida maydonga tushmoqda. Kim ishlashidan qati nazar Muborakda yaxshi klub bo'ladi. O'tgan yili bir qadam ortga qadam tashlashdi, lekin yana oliy ligaga qaytishdi. Bizdagi yangilikning o'zbek futboliga foydali tasiri haqida gapirsam, bir klubda ishlaydigan hamkasbim men bilan bog'lanib, 2 haftaga malaka oshirishga kelmoqchi ekanligini bildirdi. O'sha klub juda kuchli va o'ziga xos yo'nalishga ega. Demak, boshqa rahbarlar menejerlik to'g'risida tushunchaga ega bo'lishni istashmoqda. Men bilimlarim bilan bemalol o'rtoqlashishga tayyorman.

O'zbek futboli haqida gap ketar ekan, Mirabror Usmonov uning rivojlanishiga katta hissa qo'shganini aytishim mumkin. Ko'plab stadionlar qurildi, infratuzilma yaxshilandi. Bizdan Osiyodagi boshqa davlatlar vakillari rivojlanish bo'yicha andoza olishni istashyapti. Futbolga milliardlab pullar sarflayotgan Xitoy ulardan biri. SHuning o'zi ham Usmonov o'zbek futboli uchun katta ish qilganligini ko'rsatib turibdi.

- Oliy ligada moliyaviy “feyr-pley”ni yo'lga qo'yish kerakmi? Yoki jamoalar byudjetini teng qilib qo'ysa, shunda rivojlanish sezilarli bo'lardi.

- Bu to'g'ri fikr. Klublar byudjetini bir-biriga yaqin summada qilib chiqish zarur. Farq bo'lsin, faqat 10-20 foiz atrofida. SHunda bugungi kunda og'ir ahvolda qolgan “Navbahor” singari jamoalarda bunday vaziyat kuzatilmasdi. Murabbiylar va menejerlar saviyasi asosiy o'ringa chiqardi. Hozir esa kimdadir byudjet katta. Bu esa boshqa klublarga o'yinchilarni saqlab qolishni qiyinlashtiradi. PFL bu borada o'z rejasini ishlab chiqyapti. Klublar uchun minimal byudjet miqdori belgilanishi kutilyapti.

-  Mirabror Usmonov O'FF Prezidenti lavozimidan ketishini elon qilgandi, lekin uni qoldirishga ko'ndirishdi. Ikki lavozimda ishlash uning uchun og'irlik qilmaydimi?
- Mirabror Zufarovich futbolimiz uchun katta ishlar qildi. Uning qolishini oddiy futbolchilardan tortib jamoa rahbarlarigacha xohlashgandi. Ishga kelsak, Usmonov O'FFda allaqachon yuqori saviyaga ega ishchi guruhini yarata olgan. Bu esa unga O'FF faoliyati bilan holatlarda asqotadi. Umid qilamanki, milliy olimpiya qo'mitasida ham Mirabror Zufarovich turli sport turlarining rivojlanib, xalqaro musobaqalarda katta g'alabalar qo'lga kiritilishiga hissa qo'shadi.

- Osiyo CHempionlar ligasida o'ynamaslik futbolchilar saviyasiga tasir qilmaydimi?
- Yo'q. CHunki futbolchilarimiz baribir terma jamoalar tarkibida xalqaro bellashuvlarda maydonga tushishadi, klub safida ham yig'inlar mobaynida kuchli raqiblar bilan o'ynashadi, doimo o'z mahoratlarini oshirish ustida mehnat qiladilar. SHu sababli buning salbiy tasiri bilinmaydi.

- 2013 yilning eng yaxshi futbolchilari va murabbiylari deb kimlarni aytgan bo'lardingiz?
- Futbolchilardan Maxaradze, Gevorkyan va Iskanderovni takidlayman. Ayniqsa, Maxaradze katta o'sishga erishdi. Kecha uning “Rubin”ga ko'chib o'tishi haqidagi masalaga chek qo'ydik, u jamoamizda qolishga rozi bo'ldi. Murabbiylar masalasida Qosimov, Nuraliev va SHkvirinni takidlagan bo'lardim. Qosimov milliy terma jamoani jahon chempionatiga olib chiqishiga bir qadam etmadi deyish mumkin. Koreyaning o'z maydonida Eronga yutqazib qo'yishini kim kutgandi? Terma jamoa millatniki va uni barcha birdek qo'llab-quvvatlashi kerak deb o'ylayman. Barchamizning eng yuksak maqsadimiz terma jamoamizni mundialda ko'rish hisoblanadi.

Behzod NAZAROV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика