So’nggi yangiliklar

18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  0 18:08U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23. Таркиблар маълум  4 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  1 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  6 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   16 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  5 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  11 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   2 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  2

Samvel Babayan: "Kimda O'zbekiston pasporti bo'lsa unda terma jamoaga chaqirilish imkoniyati bor" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Kimda O'zbekiston pasporti bo'lsa unda terma jamoaga chaqirilish imkoniyati bor"

Teglar :  Samvel Babayan
O'zbekiston - Filippin uchrashuvidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida Samvel Babayan qatnashdi.
"Ertaga Filippinga qarshi o'yin kutib turibdi. Jamoaga hurmat bilan munosabatda bo'lamiz. Murabbiy ham kuchli. Ertaga o'zimizning kuchli o'yinimizni ko'rsatib g'alaba qozonishga urinamiz", - deydi Samvel Babayan.

"Ertaga bizni muhim o'yin kutib turibdi. Yaxshi o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz", - deydi Server Jeparov.

- Ertaga ko'proq gol urib chiroyli o'yin ko'rsatish rejada bormi? Yoki eng asosiysi natijami?
- Bizga uch ochko juda ham kerak. SHu bois eng asosiysi g'alaba qozonish.

- Savol kulgili bo'lishi mumkin. Bungacha o'yinlar "Paxtakor"da o'tkazilayotgandi, bu safar "Bunyodkor"da. Bu tashabbus kimdan chiqdi?
- Oldin ham "Bunyodkor"da o'ynashni istagandik. Biroq o'sha paytda maydon holati qoniqarli darajada emasdi. Hozir esa barchasi ideal holatda. "Bunyodkor" stadioni mustaqillik davrida yurtimizda qurilgan eng muhtasham stadionlardan biri. Eng zamonaviy va Osiyoda ham eng yaxshilaridan biri hisoblanadi.



- Sardor Mirzaevning qaysi jihatlari maqul kelmadi?

- Mirzaev mavsumi juda yaxshi boshladi. OCHL va Oliy ligada juda yaxshi o'ynadi. SHu bois terma jamoa yig'iniga chaqirildi. U terma jamoaga nomzod futbolchi hisoblanadi. Unga hali imkoniyat beramiz.

- Raqib ertangi bahsdan oldin imkoniyatimiz juda ham kam dedi. Bunga munosabatingiz.
- Menimcha u ayyorlik qilmoqda. Ertaga ular ham g'alaba uchun kurashishlari turgan gap. Ularning murbbiyi juda ham tajribali va ko'p narsani biladi.

- Siz burchak to'plarini amalga oshirasiz. Lekin ko'pincha to'pni emas 16 kilolik toshni tepayotgandek tuyuladi. Bunga sabab nima?
Server Jeparov:
- Doim ham burchak to'pi o'xshamaydi. Mashg'ulotlarda buning ustida ishlayapmiz. Tanqidni to'g'ri qabul qilaman. Balki ertaga burchak to'pidan so'ng gol urarmiz. Bundan juda xursand bo'lardim.

- Vodiydan deyarli futbolchi chaqirilmayapti. Vodiydagi uchta jamoadan ham futbolchilarni kuzatib borayapsizmi?
- Terma jamoaga chaqirilishda geografiyaga qaramaymiz, u Farg'onada o'ynaydimi yoki Qashqadaryodami farqi yo'q. Kimda O'zbekiston Respublikasi pasporti bo'lsa unda terma jamoaga chaqirilish imkoniyati bor. Doim kuchli futbolchi terma jamoaga chaqiriladi.

- Hozir muxlislar Andreev nima uchun termaga chaqirilganini so'rashmoqda. U OCHLda ham maydonga tushmayaptiku?
- Jasur Hasanov ham o'ynamadi lekin uni ham chaqirdim. Aytmoqchimanki terma jamoaga barcha kuchli futbolchilarni chaqiramiz. Bu meni yoki boshqaning terma jamoasi emas, bu xalqimizning jamoasi.

- G'alaba uchun mukofot puli beriladimi?

- Bu jamoa siri. Mirabror Usmonov boshchiligida terma jamoaga etibor juda katta. Lekin ishoning har bir futbolchi pul uchun emas vatan uchun maydonga tushishadi. Ertaga barcha muxlislarni kelib jamoamizni qo'llab turishlarini so'rab qolamiz. Biz xalqimiz uchun o'ynaymiz.


Narzulla Saydullaev
Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика