Samvel Babayan: "Kamoliddin Kenjaevni qo'llab-quvvatlash akciyasida ishtirok etamiz"
31 okt 2014 21:21
Yangiliklar

Samvel Babayan: "Kamoliddin Kenjaevni qo'llab-quvvatlash akciyasida ishtirok etamiz"
Xabaringiz bor, "Nasaf" jamoasining 2000-yillardagi eng yaxshi himoyachilaridan biri Kamoliddin Kenjaev 2006 yil avtofalokat tufayli nogironlar aravachasiga mixlanib qolgan.
SHu munosabat bilan o'tkazilayotgan xayriya akciyasida "Paxtakor" jamoasi ham ishtirok etishni o'ziga burch deb bildi.
"Kamoliddinning o'yinlari menga juda yoqardi. Yosh bo'lishiga qaramay, "Nasaf"ning asosiy himoyachisiga aylandi. O'ng qanotda olisdan turib, kuchli zarbalar bera olishi bilan muxlislar etiborini qozongan. Yodingizda bo'lsa, o'sha yillari jamoamiz safini turli viloyatlardan kelgan eng sara futbolchilar to'ldirgandi. 2006 yil yakuniga etganidan so'ng u jamoamizga transfer qilinishi lozim bo'lgan futbolchilar orasida eng yuqorisida turgan edi. Uni jamoamiz safida ko'rishni istab turgan paytimiz o'sha xunuk voqea yuz berdi. SHu boisdan unga atab uyushtirilayotgan tadbirlarda qatnashishni o'zimiz uchun burch deb bildik. Jamoamiz bilan mazkur akciyada ishtirok etamiz, Kamoliddinga esa klubimiz nomidan sihat va salomatlik tilayman", - deb takidlab o'tdi "Paxtakor" menejeri Samvel Babayan.

Fikrlar